“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
Imtihon savollarining oldindan sizdirilishi ta’lim tizimidagi eng jiddiy qonunbuzarliklardan biri hisoblanadi. Bunday holatlar ayrim davlatlarda keng ko‘lamli tergovlar, hibslar va hatto parlament darajasidagi muhokamalargacha olib chiqadi. Hindistonda yuz bergan “X-variant” mojarosi bunga yaqqol misol bo‘ldi.
Quyida ushbu voqea qanday oqibatlarga sabab bo‘lgani hamda O‘zbekistonda tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihoni atrofidagi bahslar bilan bog‘liq ayrim jihatlar haqida so‘z yuritamiz.
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
Imtihondan so‘ng ayrim shaxslar qo‘lida imtihondan oldin mavjud bo‘lgan material bilan haqiqiy test savollari o‘rtasida yuqori darajadagi o‘xshashlik borligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur fayldagi 410 ta savoldan 120 tasi, ya’ni qariyb 29 foizi, haqiqiy imtihon savollari bilan mazmunan mos kelgani keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Dastlab Rajasthan shtati politsiyasi ishni o‘rgana boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay tergov Hindistonning Markaziy tergov byurosi (CBI) ixtiyoriga o‘tkazildi. Bir nechta shtatda tintuvlar o‘tkazildi. Elektron qurilmalar va hujjatlar musodara qilindi.
Tergovchilar savollar kim tomonidan, qachon va qanday yo‘l bilan tarqalib ketganini aniqlashga kirishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab shaxslar tergov harakatlariga jalb qilingan. Tergov jarayoni natijasida 13 kishi hibsga olindi. Ular orasida davlat xizmatchilari, repetitorlar va vositachilar ham bo‘lgan. Hozirda ham tergov davom etmoqda, hibsga olinganlar soni ortishi mumkin.
Mojaro parlamentgacha yetib bordi, vazir “x-variant” tarqalganini tan oldi
“X-variant” mojarosi Hindiston parlamentida bir necha bor muhokama qilindi. Koʻpchilik deputatlar hukumatni keskin tanqid qilib, ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosini talab qildi. Ta’lim vaziri esa parlamentdagi chiqishlarida aybdorlarning barchasi javobgarlikka tortilishini, tergov yakuniga yetkazilishini va imtihon xavfsizligi tubdan kuchaytirilishini ma’lum qildi. Vazir bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi.
Ota-onalar va abituriyentlar namoyishga chiqdi
Savollar sizdirilgani haqidagi xabarlar ortidan Hindistonning turli shaharlarida minglab abituriyentlar va ota-onalar norozilik namoyishlariga chiqdi. Namoyishchilar aybdorlar jazolanishini talab qila boshladi. Ayrim jamoatchilik faollari va siyosatchilar imtihon savollarining oldindan sizdirilishini “mamlakat kelajagiga va vatanga xiyonat” deya baholadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham tarix fanidan aprel oyida o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” test sinovlari yuzasidan ham bahslar yuzaga kelgandi. Imtihondan oldin tarqalgan materiallardan birida haqiqiy imtihon savollari bilan 66 foiz, yana birida esa 43 foiz mazmunan moslik qayd etilgan.
Birinchi holatdagi moslik Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tan olingan. Keyinroq Bilim va malakalarni baholash agentligi xalqtaliminfo.uz bilan bog‘lanib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini tahririyat ixtiyoriga topshirgan.
Agentlik tomonidan taqdim etilgan statistik tahlillar esa test natijalarida keskin o‘zgarish yoki ommaviy yuqori natijalar kuzatilmaganini ko‘rsatgan. Agentlikka ko‘ra, audiochatda muhokama qilingan savollarning bir qismi imtihon topshiriqlariga mazmunan o‘xshash bo‘lgan bo‘lsa-da, bu holat yakuniy natijalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan.
Joriy yilning 8-iyul kuni esa Gazeta.uz nashrining “X variant” atrofidagi javobsiz savollar: tarix fanidan Milliy sertifikat imtihoni atrofidagi bahs hanuz davom etmoqda” nomli maqolasi e’lon qilindi.
Ayni vaqtda holat yuzasidan jamoatchilik muhokamalari asosan ayrim ommaviy axborot vositalari va ba’zi faollar doirasida davom etmoqda. Vaziyatga esa Bilim va malakalarni baholash agentligidan boshqa tashkilotlar e’tibor qaratmadi.
Comments 0
Please register to comment!
News
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
News on the topic
News
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi.
Вы спрашивали
O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
News
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
News
Officials of the District Education Department Found to Have Embezzled 1 Billion UZS in Budget Funds
A financial violation involving budget funds allocated for the heating systems of educational institutions has been uncovered in Davlatabad District, Namangan Region.
English
Edit your comment