Qozog‘iston magistrlik diplomi uchun malaka toifasi beriladimi?
Savol
Men o‘qituvchi bolib ishlayman, lekin toifam yo‘q. Dekretlarda o‘tirdim, 2 nafar farzandim bor. Hozirda Qozog‘istondagi **** universitetida masofaviy ta’limda magistratura bosqichida o‘qiyabman. Uning diplomi O‘zbekstonda tan olinar ekan. Agar shu o‘qishni bitirsam, menga toifa beriladimi? Javob uchun oldindan rahmat
Javob
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan olish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Nizom bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlar toifalari belgilangan.
Ushbu universitet esa mazkur nizom talablariga mos tushmaydi. Shu sababli, mazkur universitet diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinmasligi mumkin. Hozirda Oʻzbekiston va Qozogʻiston diplomlarini oʻzaro tan olish boʻyicha xalqaro shartnoma ham mavjud emas. (2025 y.)
Xorijiy davlatlar tomonidan berilgan taʼlim olganlik haqidagi diplomlarni tan olish “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun talabgorlar tomonidan bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilinadi.
Bunda xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha talabgorlar tomonidan yuborilgan arizaga ijobiy xulosa berilgach, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hujjat topshirgan talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etiladi.
Test sinovlari talabgorlarning taʼlim olgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladi. Test sinovlari natijalariga koʻra 54 va undan kam ball toʻplagan talabgorlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olinmaydi.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga Agentlik direktori tomonidan xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida guvohnoma taqdim etiladi. Xorijda taʼlim toʻgʻrisidagi diplom guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilgandagina Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Xorijiy diplomi tan olingan pedagogga malaka toifasi beriladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” nizomning 10-bandiga ko‘ra, magistr darajasiga ega pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi berilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumki, pedagog kadrlar oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi diplomda ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan o‘quv fanlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.
Shu sababli, pedagogning magistratura diplomi ham uning ta’lim tashkilotida egallab turgan lavozimi va o‘qitayotgan faniga mos bo‘lishi muhim. Ya’ni, magistr diplomi mavjudligining o‘zi yetarli emas. Unda ko‘rsatilgan mutaxassislik yoki ixtisoslik pedagogning amaldagi lavozimi va dars berayotgan faniga mos kelishi kerak. Aks holda, magistratura diplomi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi berilmaydi.
Magistratura diplomi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi olishni istagan pedagoglar malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlan vaqtda bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan, malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun asos boʻladigan hujjatlar bilan birga magistratura diploma hamda xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnomani taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Pedagog tomonidan tegishli hujjatlar belgilangan tartibda taqdim etilgach, murojaat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amaldagi nizom talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, magistratura diplomi va xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasida tan olinganligini tasdiqlovchi guvohnoma tegishli talablarga muvofiq deb topilgan taqdirda, pedagogga attestatsiya sinovlarida ishtirok etmasdan, magistr darajasiga ega pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan ikkinchi malaka toifasi to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.
Comments 0
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
Вы спрашивали
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
Вы спрашивали
Now should teachers teaching 1st grade be of highest or first category?
Messages are circulating on social networks stating that "From the current academic year, teachers teaching 1st grade must be of the highest or first category." How justified is this?
News
Now, teachers with qualification categories will receive additional points for bonuses.
Depending on the level of the qualification category, pedagogical workers are awarded an additional bonus from 5 to 20 points from the director's fund.
Which teachers retain their qualification category for life?
From September 1, 2025, all teachers will be involved in certification tests every 5 years.
English
Edit your comment