Oliy toifali o‘qituvchining dars soati boshqa pedagoglarga berilishi to‘g‘rimi?
Savol
Mening diplomimdagi mutaxassisligim “O‘zbek tili va adabiyoti (rus sinflarida)” deb ko‘rsatilgan bo‘lib, mazkur mutaxassislik bo‘yicha pedagogik faoliyat yuritib kelmoqdaman. Shu bilan birga, menda oliy malaka toifasi, o‘zbek tili fani bo‘yicha milliy sertifikat (A), 70 foizlik ustama, vazir ustamasi, o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha ko‘p yillik pedagogik tajriba mavjud.
Bundan tashqari, so‘nggi 5 yil davomida viloyat miqyosidagi fan olimpiadalarida tayyorlagan o‘quvchilarim yuqori natijalar ko‘rsatib, jumladan, 1-o‘rinlarni egallab kelmoqda. Mazkur natijalar o‘qituvchi sifatidagi kasbiy faoliyatim va o‘zbek tili fani bo‘yicha yuqori natijadorligimni tasdiqlaydi.
Shunga qaramasdan, avvalgi o‘quv yillarida menga 29 soatdan dars berib kelingan bo‘lsa, 2026/2027-o‘quv yilida menga faqat 20 soat dars berilishi ma’lum qilindi. Qolgan soatlarni boshqa o‘qituvchilarga taqsimlash rejalashtirilayotgani aytildi.
Shu sababli, menga ajratilgan dars soatlarining 29 soatdan 20 soatga kamaytirilishi sabablari, bunga asos bo‘lgan mezonlar hamda huquqiy asoslar yuzasidan yozma va asoslantirilgan javob berishingizni so‘rayman.
Javob
Pedagoglarga darslarni taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) 15-bandida nazarda tutilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Yuqoridagi vaziyatda esa o‘qituvchida mavjud bo‘lgan oliy malaka toifasining o‘zi unga boshqa o‘qituvchilarga nisbatan maksimal dars soati ajratilishiga asos bo‘ladi (agar boshqa o‘qituvchilarda bunday ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmasa).
Chunki dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomning 16-bandiga ko‘ra, ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Bunda maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
Yuqoridagi holatda o‘qituvchining oliy malaka toifasiga, shuningdek, milliy sertifikatga ega. O‘qituvchi bir nechta ustuvor ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi sababli, mazkur ko‘rsatkichlar ichida eng ustuvori — oliy malaka toifasi inobatga olinib, ushbu o‘qituvchiga maksimal miqdorda dars soati berilishi amaldagi tartibga muvofiq hisoblanadi.
Maktab direktori tomonidan ustuvor ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmasligi dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizom talablarining buzilishi hisoblanadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF–126-son Farmoni bilan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab maktablardagi mavjud vakansiyalar haqida hisobot berish tartibi ham bekor qilingan. Ya’ni, ish beruvchilar bandlik organlariga mavjud vakansiyalar haqida hisobot berishga majbur emas. Umumta’lim muassasalarida dars soatlarini taqsimlash maktabning Pedagogik kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, birinchi navbatda, Pedagogik kengash darslar adolatsiz taqsimlangan taqdirda, uni tasdiqlamaslik huquqiga ega.
Ammo shunga qaramay, maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan dars soatlarini taqsimlash borasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasa, ularga nisbatan javobgarlik bor.
Ma’lumki, Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, maktab direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash qarorlari ijrosining umumiy nazorati esa pedagogik kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Shu sababli, maktab direktorining Pedagogik kengash qaroriga zid ravishda, qonunchilik hujjatlarini buzgan holda o‘zboshimchalik bilan darslarni adolatsiz taqsimlashi mehnat qonunchiligini buzish sifatida baholanadi. Bunday vaziyatlarda maktab direktoriga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo turlaridan biri qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shu sababli, maktab direktorlariga dars taqsimotida 20 soatni umumiy chegara sifatida qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Agar o‘qituvchi nizomda belgilangan tartibda ustunlikka ega bo‘lsa, unga qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda, jumladan, 30 soatgacha dars berilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, nizomda 20 soat o‘qituvchi uchun mutlaq maksimal chegara sifatida belgilanmagan. Ustuvorlikka ega o‘qituvchiga mavjud dars soatlaridan kelib chiqib 20 soatdan ortiq, biroq bir yarim stavkadan oshmagan miqdorda dars berilishi mumkin. Agar dars taqsimoti nizom talablariga zid amalga oshirilgan deb hisoblasangiz, hududiy Bandlik yoki Adliya bo‘limlariga, shuningdek, Kasaba uyushmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Comments 3
Please register to comment!
News
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Officials of the District Education Department Found to Have Embezzled 1 Billion UZS in Budget Funds
Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation
News on the topic
Вы спрашивали
“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.
Вы спрашивали
Is it correct to take Physical Education teaching hours in Grades 1–4 away from primary school teachers?
Taking into account the numerous requests and wishes of primary school teachers, based on an instruction from the Deputy Prime Minister of the Republic of Uzbekistan, beginning with the 2021/2022 academic year, teachers who are qualified to teach in the field of Primary Education were granted the right to teach the subject of Physical Education in Grades 1–4 in general education schools.
Вы спрашивали
Ministry Issues Official Clarification on Assigning Teaching Hours to School Advisers
Can employees working in the newly introduced position of school adviser be assigned teaching hours in schools? The Ministry of Preschool and School Education has issued an official clarification on this matter.
News
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
The principal of a general secondary school in Chiroqchi district, Kashkadarya region, was sentenced to imprisonment after demanding $700 from a teacher in exchange for allocating additional teaching hours.
English
Edit your comment