36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?
Savol
Men maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariman. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari soni 36 nafar. Shu sababli, EduERP bazasida titul yaratish qilsam, siz ortiqcha sinf yaratyapsiz, degan yozuv chiqyapti. 36 nafar o‘quvchi ikkita sinf bo‘lmaydimi? EduERP bazasi nimaga bunday ma’lumot beryapti?
Javob
Ta’lim muassasalarida sinflarni tashkil etish "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom bilan tartibga solinadi. Nizomga ko‘ra, o‘quvchilar belgilangan me’yorlar asosida bitta sinfga jamlanadi.
Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha, qishloq hududlarida esa 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno) komplektlanadi.
O‘quvchilar soni mazkur me’yorlardan kam bo‘lgan hollarda umumta’lim muassasasi hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanishi lozim.
Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida umumta’lim muassasalarida belgilangan me’yorlardan ortiq sinflar komplektlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu sababli, savolda ko‘rsatilganidek, 11-sinfda jami 36 nafar o‘quvchi mavjud bo‘lsa, ularni 18 nafardan ikkita sinfga ajratish amaldagi me’yorga mos kelmaydi. Chunki bunda har ikkala sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan minimal me’yordan kam bo‘lib qoladi.
Aynan shu sababli EduERP tizimi ikkinchi sinfni “ortiqcha sinf komplekti” sifatida baholab, ogohlantirish bermoqda. Bunda tizimning asosiy maqsadi sinflarni imkon qadar belgilangan me’yor doirasida shakllantirish va davlat budjeti hisobidan ortiqcha xarajatlarning oldini olishdan iborat.
Agar maktabda 36 nafar o‘quvchini ikki sinfga ajratish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, bu holat hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Comments 2
Please register to comment!
News
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
News on the topic
Education policy
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
2025-yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mga yetgan. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan qariyb 44,5 trillion so‘mga ko‘p.
News
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash, darsliklar chop etish, pedagoglarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish, maktablarni jihozlash hamda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga sarflandi.
News
In 2026, textbook rental will remain free, with 106.4 million copies of textbooks and workbooks printed.
In 2026, it is planned to allocate 1 trillion 985 billion soums for school textbooks, or 53 percent more than in 2025.
Education policy
2026-yilda ta’limga davlat budjetidan qancha pul ajratildi?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
English
Edit your comment