Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
2025-yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mga yetgan. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan qariyb 44,5 trillion so‘mga ko‘p. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari so‘nggi besh yil davomida izchil oshib borgan.
Xususan, 2025-yilda ushbu maqsadlar uchun 84 trillion 152 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Ta’lim xarajatlari 2021-yilda 39,6 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 2,1 barobardan ziyod oshgan.
So‘nggi besh yilda ta’limga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari
- 2021-yilda — 39,6 trillion so‘m;
- 2022-yilda — 50,3 trillion so‘m;
- 2023-yilda — 61,2 trillion so‘m;
- 2024-yilda — 71,2 trillion so‘m;
- 2025-yilda — 84,2 trillion so‘m.
Demak, mazkur davrda xarajatlar har yili oshib borgan. 2025-yilda esa ta’lim uchun sarflangan mablag‘lar 2024-yildagiga nisbatan qariyb 12,9 trillion so‘mga ko‘paygan.
2026-yilda ta’limga 100,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2025-yilda kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 8,1 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etgandi. Biroq, 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, respublika budjetidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 63,69 trillion so‘m, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga esa 6,36 trillion so‘m, jami hisobda 70 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Bunda Maktab va maktabgacha ta’limi vazirligi tizimiga ajratilgan budjetining maktab ta’limi uchun ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi (82.7%) ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ta’limga ajratilayotgan mablag‘lar hajmini hisoblashda bir nafar o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan mablag‘ miqdori ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalroq, xalqtaliminfo.uz saytida e’lon qilingan maqolada umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari doirasida bir nafar o‘quvchi uchun 2025-yilda qariyb 8 million so‘m, aniqrog‘i, 7 million 974 ming 400 so‘m ajratilishi prognoz qilinganligi haqida ma’lumot berilgandi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir nafar o‘quvchi uchun yillik xarajatlar 2022-yilda 5,3 million so‘m, 2023-yilda 6,3 million so‘m, 2024-yilda esa 6,9 million so‘mni tashkil etgan.
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Ta’limga sarflanayotgan mablag‘larning ortishi bilan bir qatorda bu mablag‘larning qanchalik to‘g‘ri sarflanayotganligini va buning ta’lim sifatiga ta’sirini ham alohida tahlil qilish zarur. Hozircha 2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar tahlili bo‘yicha ayrim ma’lumotlar mavjud.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan tahlillarda keltirilishicha, 2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash, darsliklar chop etish, pedagoglarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish, maktablarni jihozlash hamda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga sarflangan.
Bog‘cha qamrovi 78 foizda saqlanib qoldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hisobotida qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha ta’lim sohasida 700 ta yangi nodavlat bog‘cha tashkil etilgan. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion 75,9 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Bu esa maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 78 foizda saqlab qolish imkonini bergan.
Xorijiy til o‘qituvchilarining 76,4 foizi sertifikatga ega
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchilarining 76,4 foizi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 226 nafar bitiruvchisi dunyoning TOP-300 oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Shuningdek, nodavlat maktablar soni 786 taga, ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni esa 181,6 ming nafarga yetdi.
Darsliklar uchun 1,9 trillion so‘m ajratilgan
Ta’lim tizimi uchun nisbatan ko‘proq mablag‘ darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash uchun sarflangan. Hisobot davrida maktablar uchun 89,3 million nusxa yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini chop etish hamda yetkazib berish uchun 1,9 trillion so‘m ajratilgan. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun 802 mingta o‘quv qurollari to‘plamini yetkazib berish ishlari davom etmoqda.
Ta’lim sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan 1 500 nafar pedagogni rag‘batlantirish uchun 120 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Shuningdek, 208 ming nafar pedagog attestatsiyadan o‘tkazildi, 80,5 ming nafari malaka oshirish kurslariga jalb etildi, maktablarga 1 325 nafar xorijiy mutaxassis jalb qilindi.
Yil oxirigacha yana qanday natijalarga erishish rejalashtirilgan?
Yig‘ilishda yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim qamrovini saqlab qolish, barcha maktablarni sport jihozlari bilan ta’minlash, 1 000 ta ta’lim muassasasini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlash, 129 ming nafar pedagogning malakasini oshirish hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish testlari bo‘yicha o‘rtacha natijasini 75,5 ballga yetkazish vazifalari belgilangani qayd etildi.
Oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirlgan xarajatlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun rejalashtirilgan 6,3 mlrd. so‘m budjet mablag‘ining yarim yillikda 2,5 mlrd so‘mi o‘zlashtirilgan. Shundan, 1,9 mlrd so‘m oliy ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Talabalar turar joylari bilan ta’minlanganlik darajasi 58 foizga yetkazildi, talabalar turar joylari sig‘imi 159 mingdan ortiq o‘ringa oshirildi.
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida 441,8 milrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar soni 20,7 ming nafarga yetdi, davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro hamkorlik to‘liq ta’minlandi.
Comments 1
Please register to comment!
News
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
News on the topic
Вы спрашивали
36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?
Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha, qishloq hududlarida esa 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno) komplektlanadi.
News
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash, darsliklar chop etish, pedagoglarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish, maktablarni jihozlash hamda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga sarflandi.
News
In 2026, textbook rental will remain free, with 106.4 million copies of textbooks and workbooks printed.
In 2026, it is planned to allocate 1 trillion 985 billion soums for school textbooks, or 53 percent more than in 2025.
Education policy
2026-yilda ta’limga davlat budjetidan qancha pul ajratildi?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
English
Edit your comment