May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 27-fevralda Vazirlar Mahkamasining “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra 2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
Bunda kam ta’minlangan oilalarga ular bilan tuziladigan ijtimoiy shartnomada oilaning ta’lim tashkilotlarida o‘qiydigan a’zolarini darslarda muntazam qatnashishini ta’minlash majburiyati ham yuklatilgan.
Agar ushbu shart bajarilmasa, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori kamaytiriladi.
Ushbu tartibga ko‘ra, ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi “mahalla yettiligi” tomonidan muntazam ravishda monitoring qilib boriladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshiriladigan monitoring natijasiga doir ma’lumotlar har oyda mahalla raisi tomonidan “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritib boriladi.
Bunda monitoring yakuni bo‘yicha kambag‘al oilaning har bir muomalaga layoqatli a’zosi tomonidan:
- ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning lozim darajada bajarilayotganligi aniqlangan taqdirda, tegishli ko‘mak choralarini ko‘rsatish davom ettiriladi;
- ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida dalolatnoma shu kunning o‘zida rasmiylashtiriladi hamda “Raqamli mahalla” elektron platformasi orqali SMS-xabarnoma shaklida va “mahalla yettiligi” vakili tomonidan yozma shaklda tegishli majburiyatning o‘n besh ish kuni davomida bajarilishini ta’minlash lozimligi bo‘yicha ogohlantirish beriladi.
Kerakli choralar ko‘rilganidan keyin ham jtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa, oilaga tegishli ko‘mak choralari ko‘rsatishni to‘xtatish yoki kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdorini kamaytirish bo‘yicha “mahalla yettiligi”ga taklif kiritiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang