O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
“Mazkur noxush holat joriy yil may oyida ushbu maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi A.L tomonidan sodir etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi A.L o‘zi rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilariga nisbatan amalga oshirilgan.O‘quvchilarning o‘zlashtirishi, darslarda ishtirok, past ekani ro‘kach qilinib, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan so‘zlar bilan o‘quvchilarni haqorat qilib, ularning sha’ni, qadr-qimmatini toptab, kaltaklagan.Holatni o‘rganish maqsadida tuzilgan mas’ullardan iborat ishchi guruh o‘qituvchining xatti-harakatlarini noqonuniy va pedagogik tarbiya me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligini qonuniy asoslar bilan ko‘rsatib berdi”, - deyilgan munosabatda.
Undan tashqari holat shu kunga qadar maktab ma’muriyati tomonidan o‘rganilmagani, o‘qituvchini tartibga chaqirmagani ham aniqlandi.
Shu sababli, o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, mas’ullarga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
“Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, vaziyat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan viloyat Axborot xizmati munosabatida.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
Janubiy Koreya
Maktab davrida zo‘ravonlik qilgan abituriyentlar oliygohga qabul qilinmadi
Janubiy Koreyadagi olti yirik milliy universitet maktab davrida zo‘ravonlik qilgan 45 nafar abituriyentni ularning akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga qaramay o‘qishga qabul qilishdan bosh tortdi.
Yangiliklar
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang