O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Voqea yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
“Mazkur noxush holat joriy yil may oyida ushbu maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi A.L tomonidan sodir etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi A.L o‘zi rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilariga nisbatan amalga oshirilgan.
O‘quvchilarning o‘zlashtirishi, darslarda ishtirok, past ekani ro‘kach qilinib, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan so‘zlar bilan o‘quvchilarni haqorat qilib, ularning sha’ni, qadr-qimmatini toptab, kaltaklagan.
Holatni o‘rganish maqsadida tuzilgan mas’ullardan iborat ishchi guruh o‘qituvchining xatti-harakatlarini noqonuniy va pedagogik tarbiya me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligini qonuniy asoslar bilan ko‘rsatib berdi”, - deyilgan munosabatda.
Undan tashqari holat shu kunga qadar maktab ma’muriyati tomonidan o‘rganilmagani, o‘qituvchini tartibga chaqirmagani ham aniqlandi.
Shu sababli o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, mas’ullarga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
“Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, vaziyat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan viloyat Axborot xizmati munosabatida.
Комментарии 8
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
Аттестационная плата для учителей снижена на 50 процентов
Тематические новости
Новости
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Новости
Начальник народного образования и директора были оштрафованы за азартные игры.
В Улугнорском районе Андижанской области шесть работников сферы образования были задержаны при азартных играх в чайхане и привлечены к административной ответственности.
Новости
Задержан начальник ДОО за вымогательство взятки в обмен на непроведение расследования
Начальник отдела дошкольного и школьного образования, злоупотребляя своими должностными полномочиями, потребовал взятку в размере 4,8 млн сумов от руководителя одной из государственных дошкольных образовательных организаций в обмен на непроведение проверки.
Новости
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
2026-yil 24-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Bolalar ombudsmanning 2025-yildagi bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati haqidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.
Русский
Редактировать комментарий