5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi

Joriy yil 27-yanvarda Yuldoshov Maxmud Ma’ruf o‘g‘li Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Oradan 5 oy o‘tib, Toshkent viloyati MMTB rahbari yana o‘zgardi. Bu haqda viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, joriy yil 19-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekovlar ishtirokida viloyat MMTBda yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Burxonov Shukur Burxanovich Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shukur Burxonov 1968-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi

Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi oliygohlarga rektorlar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan vazirlik huzuridagi oliygohlarga rektorlar tayinlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Kazakova Saxiba Abdurayimovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi
Shakirova Sevara Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori, Xasan Shakirov direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izohingizni tahrirlang