Top.Mail.Ru
Shavkat Mirziyoyev BMTda ham ta’lim masalasini ko‘tardi

Shavkat Mirziyoyev BMTda ham ta’lim masalasini ko‘tardi

11:36 / 24.09.2025 4.82k

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Prezident o‘z nutqida pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi.


“…So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishdik. Bunga, avvalo, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, yashil energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish va natijada millionlab ish o‘rinlarini yaratish orqali erishmoqdamiz.

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha oshdi. Yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi, o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz.

Pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident mamlakatlar o‘rtasida raqamli rivojlanish va sun’iy intellektdan foydalanishda tengsizlikning oldini olish juda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellarini beg‘araz almashishga qaratilgan xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratishni taklif etdi.

U o‘z nutqi davomida yoshlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tib, jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.

“Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va faroonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbiga va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat bilan oliyjanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir.

Bu borada jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari suramiz”, - dedi prezident.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Shavkat Mirziyoyev
  • Ta'lim siyosati

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Ta'lim siyosati

Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

20:52 / 07.10.2026
Bilasizmi?

Maktab o‘qituvchilari orasidan ta'lim vaziri chiqqanmi?

Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 11 nafar ta’lim vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan atigi 3 nafari – Jo‘ra Yo‘ldoshev, Temur Shirinov hamda E’zoza Karimova o‘z faoliyatini maktabdagi oddiy o‘qituvchilikdan boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor.

09:00 / 07.10.2026
Ta'lim siyosati

Ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’limdagi muammolarni hal qiloladimi? — ekspertlar bilan suhbat

Ikki yirik vazirlik — Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari qo‘shib yuborildi. Endilikda maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’lim, undan keyingi ta’lim, shuningdek, qo‘shimcha va norasmiy ta’lim siyosati yagona — Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan belgilanadi. Xo‘sh, ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’lim boshqaruvidagi mavjud muammolarni hal qilish uchun yetarlimi?

21:32 / 05.10.2026
Yangiliklar

Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan tortib oliy hamda undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruv asosida birlashtirishga qaratilgan yangi islohotlar davri boshlandi.

13:42 / 04.10.2026