30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala noto‘g‘ri talqin qilingan.
Unga O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokorining shu yil 26-sentyabrdagi qarori asos qilib ko‘rsatilgan. Hujjat sanasiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, u sentyabr oyida imzolangan. Aslida, har yili mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklar va gripp avj olishidan oldin bu kabi qarorlar qabul qilinib, joylardagi muassasalarga tegishli tavsiyalar berib kelinadi.
“Qarorda epidemik vaziyat murakkablashganda tibbiy niqob taqish belgilangan. Hozir epidemik vaziyat barqaror, shunday ekan, maktablarda yoppasiga niqob taqish zarurati yo‘q. Agar guruhda kasallangan bolalar bo‘lsa, o‘sha bemor bilan muloqotga kirishish ehtimoli bor joylardagina niqob taqish tavsiya etiladi”, - deydi Nurmat Atabekov.
Ammo, havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklarda imkon qadar ijtimoiy masofa saqlash va muloqot davrida niqobda bo‘lish maqsadga muvofiq.
Hujjatda aytib o‘tilgan tibbiy niqob taqish tartibi joylardagi vaziyatga qarab hal qilinadi. Sanepidqo‘mita buni zinhor yoppasiga shunday tartib joriy qilinyapti, deb talqin qilmaslikni so‘ragan.
Sanepidqo‘mitaning tushuntirishicha, mazkur qarorga joylardagi epidemik vaziyat qay darajada murakkab yoki murakkab emasligidan kelib chiqib, tegishli chora qabul qilish uchun mo‘ljallangan odatiy hujjat sifatida qaralishi zarur.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bu safar ham attestatsiya bo‘yicha sud ishida vazirlik yutib chiqdi
O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy shifokor ko‘rigiga olib borishni tavsiya etgan holda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini eslatib, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita
Umumta’lim maktablarida sanitariya qoida buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan mas’ul shaxslarga nisbatan 2 157 ta holatda ma’muriy choralar, ya’ni jarimalar qo‘llanilgan.
Yangiliklar
Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi
Ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi, sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtiriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang