Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
Sirdaryo viloyatidagi 398 ta xususiy bog‘chada o‘tkazilgan sanitariya tekshiruvlarida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Tekshiruvlar davomida ko‘plab muassasalarda bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, 60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ayrim muassasalarda xodimlar va bolalar belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, yotoq choyshablari eskirgan, ayrim xonalar va eshiklar ta’mirtalabligi ham qayd etilgan.
Aniqlangan kamchiliklar asosida bir qator bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu chora, mas’ullarni kamchiliklarni bartaraf etishga majbur qilish hamda bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishni ta’minlash maqsadida ko‘rilgan.
‘‘Tekshiruv natijalariga ko‘ra, sanitariya norma va me’yorlarini buzgan 329 nafar mas’ul shaxsga nisbatan sud organlari tomonidan umumiy 333 million 480 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi’’, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Hasanov.
Ma’lum qilinishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan ilgari ham xususiy bog‘cha rahbarlari uchun sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazilgan. Ammo, shunga qaramay, ayrim tashkilotlarda hali ham talablarni buzish holatlari saqlanib qolgan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga rioya etish barcha ta’lim muassasalari uchun, ularning mulkiy shaklidan qat’i nazar, majburiy hisoblanadi.
Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, nazorat ishlari viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
Yangiliklar
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang