Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga kelib tushgan murojaatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shartnoma asosida yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinganligini tasdiqlovchi hisobotlarga imzo va muhr qo‘yib berish evaziga noqonuniy pul talab qilinayotgani haqida xabar berilgan.
Mazkur murojaat asosida joriy yilning 20-iyul kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 1987-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan gumonlanuvchi o‘zining xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda yana bir davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga “Toshmurod Oydin” MChJ tomonidan shartnoma asosida yetkazib berilishi lozim bo‘lgan mavsumiy taomnoma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq qabul qilinganligini tasdiqlovchi har oyning 10 kunlik hisobotlariga imzo va muhr qo‘yib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga u har bir tashkilot uchun 7 million so‘mdan, jami 14 million so‘m pora talab qilgani aniqlangan. Gumonlanuvchi ushbu pul mablag‘larini olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi va boshqa shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi ikkinchi qismi “v” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, bunda eng koʻp korrupsiyaga oid jinoyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi hissasiga toʻgʻri kelgan.
Yangiliklar
Farg‘onada maktab direktorlari ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinyapti, vazirlik bundan xabardormi?
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 5 yildan ortiq ishlagan maktab direktorlarni ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinayotgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi.
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang