Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 9-iyundagi 37-mh-son va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 5-iyundagi 37-q-q-son qarori bilan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tasdiqlangandi.
Unda oliy ta’lim, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, ta’lim uslubiyati bo‘yicha professional-mutaxassislar, maxsus ta’lim, ta’limning boshqa boshlang‘ich guruhiga kiritilmagan professional-mutaxassislar, ta’lim sohasi tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha jami 450 dan ortiq pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tasdiqlangandi.
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatining alohida tasdiqlashi huquqiy chalkashliklarning oldini oladi. Chunki ta’rif umumiy tushunchani ifodalasa, lavozimlar ro‘yxati aynan kimlar pedagog hisoblanishini amaliy jihatdan aniq belgilab beradi.
Ya’ni qaysi lavozim egalari pedagog maqomiga ega bo‘lishi, kimlarga pedagoglarga oid imtiyoz va kafolatlar tatbiq etilishi, kimning ish staji pedagogik staj sifatida tan olinishi kabi masalalar aynan shu ro‘yxat orqali hal etiladi.
Aks holda, turli tashkilot va idoralar “pedagog xodim” tushunchasini turlicha talqin qilishi, bu esa amaliyotda chalkashlik va pedagoglar huquqlariga oid muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
Yangiliklar
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang