Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida mavsumiy o‘tkir respirator virusli kasalliklarga o‘xshash, lekin ich ketish va qayt qilish simptomlari bo‘lgan infeksiya tarqalayotgani bilan bog‘liq xabarlar e’lon qilindi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, kuzda harorat pasayishi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari birmuncha ortadi.
“Kuzatuvlarga ko‘ra, shamollash mavsumining boshlanishi odatda avgust oyi oxiri va sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Joriy yilda esa bu muddat biroz kechroq — oktyabr oyining oxirgi 10 kunligida boshlandi. Ya’ni bu ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidek, hech qanday g‘ayriodatiy holat emas”, - deyiladi SSV munosabatida.
Qayd etilishicha, ba’zida respirator belgilar yo‘talish, aksirish, burun achishishi, tana harorati ko‘tarilishi bilan kuzatilsa, ayrim bemorlarda oshqozon-ichak tizimining buzilishi tarzida namoyon bo‘ladi. Demak, bu xastaliklar har doim ham bir xil kechmaydi va mazkur holat virusning shtammlari bilan bog‘liq.
“Yana bir muhim jihatni esdan chiqarmaslik kerak. Bir paytning o‘zida bakterial va virusli infeksiyalar avj olishi qayd etilmaydi. Ya’ni mikroorganizmlar olamida shunday bir jarayon borki, biri ikkinchisining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi”, - deya izohladi vazirlik.
Vazirlikning tushuntirishicha, mavsumiy respirator kasalliklar avj olishini koronavirus mutatsiyasi sifatida baholash ham mutlaqo o‘rinsiz. Qolaversa, bugunga kelib COVID-19 oddiy respirator infeksiyaga aylanib ulgurgan. Hozirgi paytda O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror.
Ma’lum bo‘lishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tuzilib, unga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari, soha olimlari, tizim mutasaddilari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan onalik va bolalikni muhofaza qilishga mas’ul mutaxassislar jalb qilingan.
Vazirlik ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy shifokor ko‘rigiga olib borishni tavsiya etgan holda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini eslatib, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Maktablarning 95 foizida hojatxonalar tashqarida joylashgan, 79 foizi isitish uchun ko‘mirdan foydalanadi.
Yangiliklar
30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita
Umumta’lim maktablarida sanitariya qoida buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan mas’ul shaxslarga nisbatan 2 157 ta holatda ma’muriy choralar, ya’ni jarimalar qo‘llanilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang