A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Shotursunova Nodira Nasirovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Nodira Shotursunova Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ta’limdagi mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent Tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida o‘qituvchilikdan boshlagan. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
2023-2024-yillarda - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan. Bugunga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
O‘quvchilarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar endi jarimaga tortilishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Hududiy “Kelajak” markazlariga direktorlar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning tegishli buyrug‘i bilan Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi.
Tayinlov
Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevna direktor lavozimga rasman tayinlandi.
Tayinlov
Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang