Top.Mail.Ru
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi

Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi

00:07 / 15.12.2025 113

Avvalroq, Avstraliyada dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlangandi. 


Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.


Xususan, Malayziya hukumati 2026-yildan boshlab 16 yoshdan kichik bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar hisobini ochishini taqiqlashni rejalashtirmoqda. 


Malayziya Kommunikatsiyalar vaziri Datuk Fahmi Fadzilning aytishicha, hukumat ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishda Avstraliya va boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganyapti. U platformalar oldida 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazilishi va hisob ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik talabini qo‘yishni umid qilayotganini ma’lum qildi.


Daniya hukumati esa 2026-yil o‘rtalaridan boshlab 15 yoshdan kichiklar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlash bo‘yicha keng qamrovli chora ko‘rishni rejalashtirmoqda.


Daniya raqamli ishlar vaziri Karolin Steyjning aytishicha, odatda 13 yoshdan kichik bolalarning 94 % ijtimoiy tarmoqlar profiliga ega, va hatto 10 yoshgacha bo‘lganlarning ko‘pchiligi onlayn platformalardan foydalanadi.


Rasmiylar bu chorani bolalarni zararli kontentdan himoya qilish, ularning ruhiy salomatligi va diqqatini saqlash, real hayotiy tajribalarga ko‘proq vaqt ajratish uchun muhim deb atashmoqda. Xususan, Daniyada ko‘plab ota-onalar va mutaxassislar bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha bog‘lanib qolayotganidan xavotirda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mobil telefon
  • Malayziya
  • Daniya

Ulashish