O‘zbekistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. E’zoza Karimovaning aytishicha, ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda 26-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng vazir E’zoza Karimova Gazeta.uz nashri muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tgan.
Jurnalist dunyoning ko‘plab davlatlarida, xususan, qo‘shni Qozog‘istonda ham voyaga yetmaganlarning telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha tashabbuslar boshlanganini eslatib, O‘zbekistonda ham shunday qadam tashlanishi mumkinmi, deb so‘ragan.
E’zoza Karimovaning ta’kidlashicha, mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan o‘zaro muhokamalar o‘tkazilgan hamda qonun loyihasini ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
“Biz ham hozir ushbu masalani o‘ylayapmiz. Bu bo‘yicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”, - degan vazir.
U bolalarni telefondan to‘liq voz kechtirishning imkoni yo‘qligi, ammo undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini qayd etdi.
“Hozir texnika asri, bolalarimizdan telefonlarni yulib ololmaymiz. Albatta, telefon kerak. Ammo undan foydalanish madaniyati va me’yori ham bo‘lishi zarur. O‘quvchining maktabga kirishdan oldin telefonini qoldirishga oid buyruq chiqqan va odob-axloq qoidalari ham mavjud.
Lekin bu qoidalar qayerdadir ishlaydi, qayerdadir esa ishlamaydi. Buni endilikda qattiq nazoratga olib, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarimizni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan cheklamoqchimiz”, - deydi E’zoza Karimova.
Eslatib o‘tamiz, dunyo hamjamiyati bolalar va o‘smirlarning smartfon hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha keskin choralar ko‘rayotgan bir paytda, O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish hanuzgacha 2012-yilda qabul qilingan nizom bilan tartibga solib kelinmoqda.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitadigan xususiy maktablarga subsidiya ajratiladi
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Trend ortidan ergashayotgan o‘quvchilar: taqiqmi yoki media savodxonlik?
Trendda bo‘lish bugungi kunda deyarli har bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi orasida ommalashgan tushunchaga aylanib ulgurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda birgina video yoki chaqiriqning minglab va hatto millionlab kuzatuvchilar e’tiborini tortishi, ayniqsa, yoshlar va maktab o‘quvchilarini ham ushbu jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirmoqda.
Tadqiqot
Maktablarda telefonni taqiqlash o‘smirlar ruhiy salomatligini yaxshilashga yordam bermadi — tadqiqot
Islandiyada o‘tkazilgan yirik tadqiqot maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlashning o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta’sirini baholadi. Tadqiqot natijalarga ko‘ra, bunday cheklovlar ham o‘smirlarda depressiya va xavotir alomatlarini kamaytirolmagan.
Yangiliklar
Qozog‘iston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang