Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qaror bilan 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
2026-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2-yanvar – juma, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 3-yanvar – shanba dam olish kunlari etib belgilandi.
Demak, dam olish kunlari quyidagicha belgilandi
- 31-dekabr (chorshanba);
- 1-yanvar (payshanba);
- 2-yanvar (juma);
- 3-yanvar (shanba);
- 4-yanvar (yakshanba).
Maktab o‘quvchilari 14 kun dam oladi
Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi. Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?
Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelib, prezidentning tegishli farmoni bilan barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.
So'ragan edingiz
Ta’lim muassasalarida 9-may munosabati bilan dam olish kunlari va ish vaqti qanday tashkil etiladi?
Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang