14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
Savol
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz? Yoki tig‘izlashtirgan holda boshqa kunga ko‘chiramizmi?
Javob
1992-yilning 14-yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan. 1993-yilning 29-dekabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb belgilangan.
Ya’ni, 14-yanvar haqiqatdan ham bayram sanasi hisoblanadi, lekin bu sana ishlanmaydigan bayram kunlari tarkibiga kirmaydi. Shu sababli, barcha muassasa va tashkilotlar uchun 14-yanvar ham rasman ish kuni hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra quyidagi sanalar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
- 1-yanvar — Yangi yil;
- 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
- 21-mart — Navro‘z bayrami;
- 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
- 1-sentyabr — Mustaqillik kuni;
- 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
- 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
- Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
- Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maktab o‘quvchilari uchun 2025-yil 28-dekabrdan boshlangan qishki ta’til 2026-yil 10-yanvardan yakunlanadi. 2026-yil 12-yanvardan esa dars jarayonlari boshlanadi.
Bunda 14-yanvar kuni ham odatdagidek dars jarayonlari bo‘ladi. Shu sababli elektron (qog‘oz) jurnalga ham o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?
Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelib, prezidentning tegishli farmoni bilan barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.
So'ragan edingiz
Ta’lim muassasalarida 9-may munosabati bilan dam olish kunlari va ish vaqti qanday tashkil etiladi?
Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanishi kerak, ammo...
O'zbek
Izohingizni tahrirlang