Top.Mail.Ru
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

23:55 / 17.10.2026 3.63k

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari belgilangan.


Unga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlanib, 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrga qadar davom etadi. Dars jarayonlari 10-noyabrdan boshlanadi.


Joriy yilning 18-oktabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan ham umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlanishi ma’lum qilingandi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ta'til

Ulashish