Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, bahorgi ta’til 21-martdan boshlanishi, IV chorak esa 28-mart kunidan boshlanishi kerak edi.
Ammo, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga aʼzo mamlakatlar musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo qoʻmitasi 2026-yil (1447 hijriy) uchun Ramazon oyining boshlanishi va Ramazon hayiti bayrami sanalarini qoʻshma tarzda belgiladi.
Qoʻmita qaroriga koʻra, 2026-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19-fevral payshanba kuniga toʻgʻri keladi, Iyd al-Fitr esa 20-mart - juma kuni nishonlanadi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ham ushbu Kengashga a’zo. Agar Hayit ayyomining ilk kuni Oʻzbekistonda ham 20-mart sanasiga toʻgʻri kelsa, maktablardagi bahorgi ta’til ham shu sanasidan boshlanishi mumkin. Chunki, Mehnat kodeksining 208-moddasiga koʻra, Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.
Ya’ni, bunda 19-mart kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib borilib, bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi. IV chorak darslari esa 27-mart kunidan boshlanadi.
Eslatma: Maktablarda bahorgi ta’tilning qachondan boshlanishi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan rasman e’lon qilinadi. Hozircha bu masala yuzasidan vazirlik rasmiy axborot bermagan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitadigan xususiy maktablarga subsidiya ajratiladi
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Maktablarda kuzgi ta’til boshlandi: ota-onalarga qo‘shimcha ta’til beriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining kuzgi ta’tilga chiqishi munosabati bilan ularning ota-onalariga ham qo‘shimcha ta’til berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bilasizmi?
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlanib, 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrga qadar davom etadi. Dars jarayonlari 10-noyabrdan boshlanadi.
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi mustaqil ravishda belgilanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang