Top.Mail.Ru
Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

15:30 / 10.03.2026 234

“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanadi. 


Ya’ni, 20-mart kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi. Bahorgi ta’til esa 21-martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.  


IV chorak darslari 28-mart (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 30-mart — dushanba) kunidan boshlanadi.


Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til — 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.


Muhim eslatma: “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolanib, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa, ta’til kunlarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.


Ammo katta ehtimol bilan, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi maktabdagi ta’til kunlariga ta’sir qilmaydi. Agar qo‘shimcha dam olish kunlari maktablardagi dars jarayoniga to‘g‘ri kelib qolsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’til kunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Комментарии 1

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • отпуск

Поделиться