Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
Namanganda ikkita korrupsion holat fosh etildi. Bir holatda maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olingan.
Yana bir holatda MTT xodimi davlat xususiy sherikchiligida 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkorga tegishli shartnomalarni tasdiqlatib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ta’lim tizimidagi noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni Namangan shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.U so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 8,5 ming AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs 2011 yilda Jinoyat Kodeksining 168, 205, 209, 210 va 227-moddalari (“Firibgarlik”, “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, “Mansab soxtakorligi”, “Pora olish”, “Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni ... egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) bilan sudlangan bo‘lsa-da, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Boshqa holatda esa Namangan shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi davlat xususiy sherikchiligida 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkorga o‘zining mansabdor tanishlari orqali mazkur tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli shartnomalarni tasdiqlatib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablag‘ini olganida Davlatobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, bunda eng koʻp korrupsiyaga oid jinoyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi hissasiga toʻgʻri kelgan.
Yangiliklar
Farg‘onada maktab direktorlari ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinyapti, vazirlik bundan xabardormi?
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 5 yildan ortiq ishlagan maktab direktorlarni ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinayotgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang