1-sinf uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsa bo‘ladimi?
Joriy yilda birinchi sinfga qabul jarayonlari 20-iyun kunidan boshlangan. Bunda qabul jarayonlari ikkita bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich 20-iyundan 31-iyulgacha bo‘lib, bunda arizalar biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichda, ya’ni mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari maktabning quvvati va imkoniyatlariga qarab amalga oshiriladi.
Qoidalarga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida faqat bitta maktabga ariza topshirish mumkin. Biroq, fuqaro 31-iyulgacha o‘zining mikrohududidagi maktabga (asosiy kvota) ariza topshirishi, so‘ngra 1-avgustdan boshlab mikrohududidan tashqaridagi maktabga (qo‘shimcha kvota) ariza berishi mumkin. Demak, arizalar bir vaqtning o‘zida emas, ketma-ket yuborilishi mumkin.
Nima uchun birinchi navbatda mikrohudud bo‘yicha qabul amalga oshiriladi?
Buning bir necha sabablari bor. Birinchidan, bu ota-onalarga qulaylik yaratish, ya’ni farzandining uyiga yaqin maktabga borishini ta’minlash. Ikkinchidan, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun bilan kafolatlangan. Uchinchidan, yosh bolaning uzoq masofaga qatnamasligi uning darslarni o‘zlashtirishiga, uyquga to‘yishiga va sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qiladi.
Mikrohududdagi maktabda kerakli ta’lim tili bo‘lmasa, nima qilish kerak?
Ba’zan mikrohududga biriktirilgan maktabda fuqarolar istaydigan ta’lim tilidagi sinflar ochilmasligi mumkin. Bunday vaziyatda, tuman shtabi tomonidan yashash manzilida ta’lim tili mos kelmaydigan fuqarolar uchun so‘ralgan tilda dars beriladigan boshqa maktabga ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari javob bergan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
“Prezident sovg‘asi” jamlanmasi tayyorlandi. Bu yilgi jamlanma 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat bo‘lib, unga o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, ikki dona oddiy qalam, 12 rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, ikki dona o‘chirg‘ich, 12 rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kiritilgan.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr muammolari tufayli maxsus shtab tuzildi
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi.
So'ragan edingiz
Bu yil 1-sinf qabuliga o‘qituvchilar jalb qilinadimi?
1-sinfga qabul jarayonlariga o‘qituvchilar jalb qilinadimi? Bu ularga qo‘shimcha yuklama bo‘lmaydimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang