Top.Mail.Ru
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi

13:24 / 12.10.2026 1.45k

Prezident ayni vaqtda Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligi va unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar berdi.


Prezident to‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmaganini aytdi.

“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — degan prezident.



Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 3-oktabrda Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Oradan ko‘p o‘tmay, 9-oktabr kuni Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Shavkat Mirziyoyev
  • Vazir

Ulashish