Top.Mail.Ru
Darsliklarni tanlash imkoniyati bo'lganda qanday bo'lardi?

Darsliklarni tanlash imkoniyati bo'lganda qanday bo'lardi?

23:46 / 26.01.2024 3.77k
Yaqinda bir qiziq ma'lumotni eshitib qoldim. Ma'lumotlarga ko‘ra Germaniyada maktab darsliklari nafaqat barcha federal hudud balki, maktablarda ham turlicha ekan.

Ya'ni, maktab darsliklarini turli xil nashriyotlar chop etaverar ekan. O‘qituvchi va ota-onaga qaysi darslik yoqsa ana o‘sha darslikdan foydalanishi mumkin ekan.

Misol uchun, sizga qaysidir nashriyot chop etgan darslik murakkabdek tuyulsa yoki unda xatolar ko‘p bo‘lsa, sizning oldingizda yana bir qancha tanlovlar turar ekan.

Darsliklar borasida mutaxassis bo‘lmasamda, lekin bu usul O‘zbekistondagi darsliklar muammosiga o‘ziga xos yechim bergan bo‘lardi deb o‘ylayman. 

Mana o'quv yili tugashiga ham 4 oy vaqt qoldi. Ammo haligacha maktablarga darsliklar to‘liq yetib borgani yo‘q. Biz esa darsliklarni faqat bitta nashriyot chop etishi, barcha darsliklar bir xil bo‘lishi kerak degan qarashga yopishib olganmiz.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Pedagog
  • ta'lim
  • darsliklar
  • maktab

Ulashish