O‘zbekistondagi tarix darsliklari Rossiya talabiga ko‘ra qayta tahrirlanadimi?
Bundan 7 oy avval Rossiya Federatsiyasi Maorif vaziri Sergey Kravtsov Davlat Dumasi yalpi majlisida so‘zga chiqib, MDHning ayrim davlatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan, ayniqsa, sovet davriga oid mavzularni yoritishda salbiy munosabat mavjudligini aytgandi.
“Tarix darsliklariga kelsak, bu yerda bir qator davlatlar tarixini ko‘rib chiqishda tarixiylik va xolislik tamoyillariga rioya qilmagan, tarixiy materialni bayon etishda ma’lum murakkabliklar va muammolar mavjud. Avvalo, bu bizning umumiy o‘tmishimizga, Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalar hududlari bo‘lgan davrga tegishli bo‘lib, ular umuman olganda Rossiyaga nisbatan salbiy xarakterga ega,” - degan Kravsov.
O‘shanda Rossiya Maorif vazirligi MDH davlatlaridagi ayrim vazirliklar bilan bilan birgalikda tarixiy o‘tmishga yagona yondashuvni ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani ma’lum qilingandi.
Ammo Kravtsov bu qaysi davlatlar ekanligini aniq aytmagan. U Rossiya Maorif vazirligi ish olib borilayotgan bu mamlakatlar bilan “yagona ma’rifiy, madaniy va ma’naviy makon” barpo etilayotganini aytgan.
Umuman olganda, Rossiya Federatsiyasi rasmiylari MDH davlatlaridagi tarix darsliklarida, ayniqsa Sovet davriga oid mavzularda Rossiyaga nisbatan tanqidiy yondashuv bor deb hisoblayapti.
Shuning uchun ular ayrim davlatlar bilan “umumiy tarix”ni birga muhokama qilib, darsliklardagi yondashuvni “kelishib olish” niyatida. Sergey Kravtsov nazarda tutayotgan “ayrim davlatlar” aynan qaysilar ekani ochiqlanmagan, lekin Rossiya bu ishni “madaniy va ma’naviy makon qurish” deb atamoqda. O‘zbekiston bu ro‘yxatda bormi – noma’lum.
Rossiya Maorif vaziri boshqa davlatlarning maktab darsliklarida tarix buzib talqin qilinganini avvalroq, ya’ni 2025-yil mart oyida Armaniston, Abxaziya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston hamda O‘zbekiston tarix fani o‘qituvchilari ishtirok etgan “Tarixiy haqiqat” nomli tarixchi-pedagoglar forumida ham aytgandi.
O‘shanda u ayrim davlatlarning maktab darsliklarida tarix buzib talqin qilinganini, holbuki Rossiyaning tarix darsliklarida Rossiyani boshqa mamlakatlarga qarshi qo‘yish yoki tajovuzkorlik yo‘q, deb ta’kidlagandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunga rasmiy munosabat bildirmagan bo‘lsa-da, vazir E‘zoza Karimova 2025-yil 21-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashib, turli xil loyiha va istiqboldagi rejalar haqida suhbatlashishgan.
Mazkur uchrashuvda MMTV oʻquv jarayonini metodik jihatdan taʼminlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i, ayni vaqtda Respublika ta’lim markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Dilshoda Norboyeva ham qatnashgan.
Ammo, uchrashuvda aynan nimalar muhokama qilingani haqida to‘liq ma’lumot berilmagan. Vazirlik bergan xabarda mazkur uchrashuvda ta’lim jarayonlariga yangi metodikalarni joriy etish, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, maktabdan tashqari ta’lim va bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingani aytilgan.
Undan tashqari vazirlik vakillari 2025-yilning dekabrida Rossiya Maorif vaziri o‘rinbosari Andrey Korneyevning O‘zbekistondagi tashrifi chog‘ida ham uchrashgan.
O‘zbekiston va Rossiya 26-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiya vakillariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamrohlik qilgan.
Umuman olganda, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tarix darsliklari Rossiya foydasiga qayta tahrirlanadimi yoki yo‘qmi buni hozircha ochiqlamayapti.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Rossiya
Rus tilini bilmaydigan migrantlar farzandiga Rossiya maktablarida o‘qish taqiqlanishi mumkin
Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi
Yangiliklar
Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
Rossiya Maorif vazirligi MDH davlatlaridagi ayrim ta'lim vazirliklari bilan bilan birgalikda tarixiy o‘tmishga yagona yondashuvni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.
Rossiya
Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang