Tarix darsliklari Rossiya talabiga ko‘ra qayta tahrirlanadimi?
Bundan 7 oy avval Rossiya Federatsiyasi Maorif vaziri Sergey Kravtsov Davlat Dumasi yalpi majlisida so‘zga chiqib, MDHning ayrim davlatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan, ayniqsa, sovet davriga oid mavzularni yoritishda salbiy munosabat mavjudligini aytgandi.
“Tarix darsliklariga kelsak, bu yerda bir qator davlatlar tarixini ko‘rib chiqishda tarixiylik va xolislik tamoyillariga rioya qilmagan, tarixiy materialni bayon etishda ma’lum murakkabliklar va muammolar mavjud. Avvalo, bu bizning umumiy o‘tmishimizga, Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalar hududlari bo‘lgan davrga tegishli bo‘lib, ular umuman olganda Rossiyaga nisbatan salbiy xarakterga ega,” - degan Kravsov.
O‘shanda Rossiya Maorif vazirligi MDH davlatlaridagi ayrim vazirliklar bilan bilan birgalikda tarixiy o‘tmishga yagona yondashuvni ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani ma’lum qilingandi.
Ammo Kravtsov bu qaysi davlatlar ekanligini aniq aytmagan. U Rossiya Maorif vazirligi ish olib borilayotgan bu mamlakatlar bilan “yagona ma’rifiy, madaniy va ma’naviy makon” barpo etilayotganini aytgan.
Umuman olganda, Rossiya Federatsiyasi rasmiylari MDH davlatlaridagi tarix darsliklarida, ayniqsa Sovet davriga oid mavzularda Rossiyaga nisbatan tanqidiy yondashuv bor deb hisoblayapti.
Shuning uchun ular ayrim davlatlar bilan “umumiy tarix”ni birga muhokama qilib, darsliklardagi yondashuvni “kelishib olish” niyatida. Sergey Kravtsov nazarda tutayotgan “ayrim davlatlar” aynan qaysilar ekani ochiqlanmagan, lekin Rossiya bu ishni “madaniy va ma’naviy makon qurish” deb atamoqda. O‘zbekiston bu ro‘yxatda bormi – noma’lum.
Rossiya Maorif vaziri boshqa davlatlarning maktab darsliklarida tarix buzib talqin qilinganini avvalroq, ya’ni 2025-yil mart oyida Armaniston, Abxaziya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston hamda O‘zbekiston tarix fani o‘qituvchilari ishtirok etgan “Tarixiy haqiqat” nomli tarixchi-pedagoglar forumida ham aytgandi.
O‘shanda u ayrim davlatlarning maktab darsliklarida tarix buzib talqin qilinganini, holbuki Rossiyaning tarix darsliklarida Rossiyani boshqa mamlakatlarga qarshi qo‘yish yoki tajovuzkorlik yo‘q, deb ta’kidlagandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunga rasmiy munosabat bildirmagan bo‘lsa-da, vazir E‘zoza Karimova 2025-yil 21-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashib, turli xil loyiha va istiqboldagi rejalar haqida suhbatlashishgan.
Ammo, mazkur uchrashuvda aynan nimalar muhokama qilingani haqida to‘liq ma’lumot berilmagan. Vazirlik bergan xabarda mazkur uchrashuvda ta‘lim jarayonlariga yangi metodikalarni joriy etish, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, maktabdan tashqari ta’lim va bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingani aytilgan.
Undan tashqari vazirlik vakillari 2025-yilning dekabrida Rossiya Maorif vaziri o‘rinbosari Andrey Korneyevning O‘zbekistondagi tashrifi chog‘ida ham uchrashgan.
O‘zbekiston va Rossiya 26-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiya vakillariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamrohlik qilgan.
Umuman olganda, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tarix darsliklari Rossiya foydasiga qayta tahrirlanadimi yoki yo‘qmi buni hozircha ochiqlamayapti.
Comments 0
Please register to comment!
News
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
News on the topic
Education policy
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etiladi.
Foreign education
Sun’iy intellekt o‘quvchilarning asosiy yordamchisiga aylanib qolmoqdami?
Rossiyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har uchinchi oila uy vazifalarini tayyorlashda neyrotarmoqlardan deyarli har kuni foydalanadi.
News
In 2026, textbook rental will remain free, with 106.4 million copies of textbooks and workbooks printed.
In 2026, it is planned to allocate 1 trillion 985 billion soums for school textbooks, or 53 percent more than in 2025.
Russia
Children of migrants who do not speak Russian may be banned from studying in Russian schools
The document was published on the website of the lower house of the Russian parliament
English
Edit your comment