2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Bugun, 10-sentyabr kuni Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishga oid qonunni ma’qulladi. Hujjatga asosan, alifboning 26 harf, uchta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan tashkil topadi.
Gazeta.uz nashrining xabar berishicha, O‘zbekistonda maktab darsliklarini 2027−2031-yillarda yangilangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Senatning 19-sentabrdagi majlisida senatorlarning savollariga javob berayotib ma’lum qilgan.
Senator Dilbar Suvonova alifbo o‘zgarishi munosabati bilan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va adabiyotlarni qayta ishlash muddatlari belgilanganmi-yo‘qmi hamda bunga qo‘shimcha mablag‘lar nazarda tutilganmi, degan mazmunda savol bergan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev esa mazkur savolga javoban Vazirlar Mahkamasi qonunni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashi kerakligini, ijro hokimiyati organlari va Fanlar akademiyasi o‘z takliflarini, jumladan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — darsliklarni yangilash hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha takliflarini yuborganligini ma’lum qilgan.
Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, darsliklar hozir ham belgilangan davriylik bilan yangilanib borilmoqda: 1-sinflar uchun — har yili, 2−4-sinflar uchun — uch yilda bir marta, 5−11-sinflar uchun — besh yilda bir marta.
“2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etamiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.
U 2027−2031-yillarda barcha maktab darsliklari ularni qayta nashr etishning odatiy sikli doirasida yangilanishini qo‘shimcha qilgan.
“2027-yildan 2031-yilgacha barcha darsliklarimiz to‘liq yangilanadi. […] Bu nuqtayi nazardan qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmaydi”, — dedi vazirlik vakili.
Vazirlik, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarni moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tayyorlamoqda. Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin, 24−28-avgust kunlari maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
“O‘qituvchi va o‘quvchilar ushbu yangiliklardan xabardor qilinadi va ularga moslasha oladilar”, — dedi u.
Majlisda islohotdan so‘ng imtihonlar qaysi alifboda o‘tkazilishi masalasi ham alohida muhokama qilingan.
“Qonun kuchga kirgandan so‘ng imtihonlar qonun bilan belgilangan alifboda o‘tkaziladi. Bu borada hech qanday savol bo‘lmaydi. Biz bunga tayyormiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.
U boshlang‘ich maktabda yangilangan alifbo bo‘yicha ta’lim yangi darsliklardan boshlanishini, yuqori sinflar uchun qo‘llanmalarni esa bosqichma-bosqich o‘zgartirish nazarda tutilayotganini ta’kidladi.
Comments 0
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
News
Tarix darsliklari Rossiya talabiga ko‘ra qayta tahrirlanadimi?
Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
News
In 2026, textbook rental will remain free, with 106.4 million copies of textbooks and workbooks printed.
In 2026, it is planned to allocate 1 trillion 985 billion soums for school textbooks, or 53 percent more than in 2025.
News
Russia intends to "improve" history in textbooks - has Uzbekistan agreed to this?
The Ministry of Education of Russia, together with some ministries of education of the CIS countries, is working on developing a unified approach to the historical past.
Вы спрашивали
Who should supervise the textbooks given to students?
These works are carried out by librarians of general education schools
English
Edit your comment