Maktab darsliklari mazmuni qayta ko‘rib chiqilib, yangilash jarayoni davom ettiriladi
O‘zbekistonda maktab darsliklarini yangilash jarayoni bir necha yildan beri davom etmoqda. Avvalgi darsliklarda aniqlangan muammolar, yangi avlod darsliklarini yaratishda xorij tajribasidan foydalanilishi, darsliklar islohoti xronologiyasi, 2027-yilgacha tayyorlanishi rejalashtirilgan o‘quv materiali hamda bu jarayonga yo‘naltirilayotgan mablag'lar — bugungi maqolada shu jihatlar qisqacha tahlil qilinadi.
2026-yil 30-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi o‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda yangi avlod darsliklarini yaratish ishlari haqida gapirildi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7973)
Undan oldinroq davlat rahbariga maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilingandi. Taqdimotda 2027-yilgacha jami 1 ming 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik materialni tayyorlash rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Taqdimotda qayd etilishicha, 2022-yilgacha nashr etilgan avvalgi darsliklar tahlili davomida 260 ta nashrda 1257 ta xato, 51 ta darslikda esa 464 ta tarjima xatosi aniqlangan. Ishlab chiquvchilarning baholashicha, ayrim materiallar o‘quvchilarning yoshiga mos emas, ba’zi mavzular esa tushunish qiyin bo‘lgan shaklda bayon etilgan.
Yana bir muammo sifatida materialni yodlashga urg‘u berilgani ko‘rsatilgan. Bunday yondashuv mustaqil tahlil qilish va olingan bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmagan.
Yangi darsliklarni yaratishdan asosiy maqsad esa — o‘quvchining nafaqat bilim olishi, balki zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi hamda qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
“Yangi O‘zbekiston maktab bitiruvchisi portretida bilim bilan bir qatorda zamonaviy ko‘nikmalar, axborot texnologiyalarini puxta egallash, ijodiy va mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish qobiliyati muhim o‘rin tutadi.”
Yangi o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda xorijiy tajribadan foydalanilmoqda. Jumladan, boshlang‘ich sinf darsliklari Finlyandiya ta’lim alyansi sertifikatsiyasidan o‘tgan. Shu o‘rinda qayd etish joiz: Finlyandiya ta’lim alyansi – bu Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi rasmiy tashkiloti emas, ta’limga oid bosma va kompyuter mahsulotlarini (EdTech) sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyadir. (https://educationalliancefinland.com/about)
5–7-sinflar uchun matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari esa Singapurning “Star” va “Marshall Cavendish” nashrityotlari darsliklari asosida ishlab chiqilgan. Singapur davlatining o‘zida esa Ta’lim vazirligi bir qancha nashriyotlar darsliklarini tasdiqlagan (https://www.moe.gov.sg/education-in-sg/approved-textbook-list) va maktablar ular ichidan tanlash imkoniyatiga ega.
Yangi yondashuvda oʻquvchining har bir sinf yakunida nimani bilishi va bajara olishi aniq belgilanadi. Taʼlim standarti, oʻquv dasturi, darslik va baholash oʻzaro bogʻliq holda shakllantirilib, mavzularning yoshga mosligi, izchilligi hamda bilimni amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga eʼtibor qaratiladi.
Oʻquv materiallarida kasbga yoʻnaltirish ham alohida oʻrin egallaydi. Ayni yoʻnalishda 255 ta dars ishlab chiqilgan boʻlib, ular bolalarga oʻz qiziqishlarini anglash va kelgusida kasbni ongli tanlashga yordam berishga qaratilgan.
Yangi avlod darsliklari islohoti
O‘zbekistonda maktab darsliklarini yangilash so‘nggi yillarda ta’lim islohotlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Jarayon faqat yangi kitoblarni chop etish bilan cheklanmay, o‘quv dasturi, ta’lim standarti va baholash tizimini ham bog‘landi. Endilikda bu ro‘yxatga yangi alifbo islohotini ham qo‘shish mumkin.
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar andozasidagi ilk tadqiqotlar 2019-yilda boshlangandi. Bu vaqtda esa Milliy o‘quv dasturi ham yoki u asosidagi darsliklar ham mavjud emasdi. https://www.gazeta.uz/ru/2019/06/26/education/
Darsliklar yangilashining yangi bosqichi 2021/2022-o‘quv yilidan, Milliy o‘quv dasturi yarailishi bilan boshlandi.
2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturda 2021/2022-o‘quv yilidan 1- va 2-sinflarda 252 nomdagi yangi zamonaviy darsliklar, o‘quvchi mashq daftarlari hamda pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalar joriy etilgani qayd etilgan. 2022/23-o‘quv yilida esa Milliy o‘quv dasturi asosida 3, 6, 7 va 10-sinflar darsliklari yangilandi. (https://www.gazeta.uz/oz/2022/09/16/new-textbooks/)
Shuningdek, xalq ta’limini rivojlantirish dasturida Xalq ta’limi vazirligiga 2025-yilga qadar Milliy o‘quv dasturini maktablarga to‘liq joriy etish vazifasi yuklandi. https://lex.uz/docs/-6008663?ONDATE=11.05.2022%2000
Biroq, 2022-yilda darsliklar ijara narxi oshishi bilan bog‘liq holat, ularning sifati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonga ulanib ketadi va sentyabr oyida barcha maktab darsliklaridagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash bo‘yicha katta ishchi guruh tuziladi. Shu yildan boshlab Finlandiya tajribasi asosida yangi darsliklar yaratilishi haqida aytildi. Shu yilning oktyabr oyida 1−2 sinf uchun o‘quv dasturlar, yangli metodika va darsliklarning aprobatsiya jarayoni ham boshlab yuboriladi. https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/07/textbooks/
2022-yil 29-dekabrda esa ilg‘or xorijiy metodika asosida yangitdan tayyorlangan 1−4-sinf darsliklari taqdimot qilinadi va mazkur darsliklarni tayyorlashda PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlardagi namunaviy vazifalar asos qilib olingani qayd etiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/29/schoolbooks/ Umumiy hisobda 2022-yilda darsliklarni chop etish uchun 1,17 trln so‘m mablag‘ sarflanib, 55-56 million tirajda darsliklar chiqarildi. https://www.youtube.com/watch?v=ZoGtnHbhQWg
2023-yildan boshlab O‘zbekistonning 14 ta hududidagi tajriba-sinov maktablarda yangi avlod darsliklari joriy etildi. Sentyabrdan esa bu amaliyot respublikaning barcha boshlang‘ich sinflari uchun davom ettirildi. https://kun.uz/news/2023/11/13/ilgor-pedagogik-texnologiyalar-asosida-yaratilgan-oqituvchi-yangi-darsliklar-haqida Darsliklar 770 nomda 72 mln nusxada chop etilib, 2023-yilda yangi boshlang‘ich sinf darsliklarini nashr etish maqsadida davlat budjetidan 920 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.
Shunday qilib, 2023/24 -o‘quv yilidan boshlab 1−4 sinflar “fin tajribasi asosida” asosida “Novda Edutainment” nashriyotida ishlab chiqilgan yangi darsliklar asosida (https://www.gazeta.uz/ru/2023/09/22/textbooks/), 5, 8, 9, 11 sinflar 2014−2018-yillarda yaratilgan darsliklar asosida va 6, 7, 10 sinflar esa Milliy o‘quv dasturiga asoslangan darsliklar asosida o‘qidi.
2024-yilga kelib Oʻzbekistonning PISA xalqaro tadqiqotidagi salbiy natijalari tufayli Singapurning yuqori koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda Marshall Cavendish nashriyotining 5-6 sinflar uchun “Science” (“Tabiiy fanlar”) darsliklari va Star Publishing nashriyotining matematika darsliklari tarjima qilina boshlaydi. https://t.me/jalilovqaydlar/1622
Ammo, bu daersliklar Singapur davlatining dasturi asosida emas, balki Cambridge Primary dasturi (Kembrijning xalqaro maktablar uchun boshlang'ich sinflar dasturi) asosida yozilganligi haqida ham ta’lim ekspertlari ma’lum qilgan.
2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratildi. Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan. https://xalqtaliminfo.uz/post/994
Ma’lumot uchun: 2024-yilda bir nafar bola uchun darslik va mashq daftarlari bir toʻplamining oʻrtacha narxi 450-500 ming soʻmni tashkil etgan (shundan mashq daftarlari 100-150 ming soʻm). https://xalqtaliminfo.uz/post/922
2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat budjetidan qoplash ko‘zda tutilgandi. 2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirildi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan 1-11 sinflar va tayyorlov guruhlari uchun jami 106,4 mln dona (2025-yilga nisbatan 37,4 mln donaga ko‘p) darslik, mashq daftari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etish reja qilingandi.
Umuman olganda, maktab darsliklari xarajatlari 2020-yildagi 66 mlrd so‘mdan 2026-yilga kelib 1 trln 985 mlrd so‘mga yetgan. Bu so‘nggi olti yil ichida xarajatlar 30 baravardan ko‘proqqa oshganini ko‘rsatadi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan 1-11 sinflar va tayyorlov guruhlari uchun jami 106,4 mln dona (2025-yilga nisbatan 37,4 mln donaga ko‘p) darslik, mashq daftari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etish belgilangan. https://xalqtaliminfo.uz/post/1439
2026-yilning birinchi yarim yilligida ham darsliklar chop etish uchun nisbatan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Hisobot davrida maktablar uchun 89,3 million nusxa yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini chop etish hamda yetkazib berish uchun 1,9 trillion so‘m ajratilgan. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun 802 mingta o‘quv qurollari to‘plamini yetkazib berish ko‘zda tutilgandi. https://xalqtaliminfo.uz/post/1688
2027–2028-yillarda bu ko‘rsatkich mos ravishda 2 trln va 2,2 trln so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda. https://xalqtaliminfo.uz/post/1439
Comments 3
Please register to comment!
News
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
News on the topic
Education policy
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etiladi.
News
Tarix darsliklari Rossiya talabiga ko‘ra qayta tahrirlanadimi?
Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
News
In 2026, textbook rental will remain free, with 106.4 million copies of textbooks and workbooks printed.
In 2026, it is planned to allocate 1 trillion 985 billion soums for school textbooks, or 53 percent more than in 2025.
News
Russia intends to "improve" history in textbooks - has Uzbekistan agreed to this?
The Ministry of Education of Russia, together with some ministries of education of the CIS countries, is working on developing a unified approach to the historical past.
English
Edit your comment