Top.Mail.Ru
O'qituvchilar malaka oshirish shaklini emas, uning sifatini ko'proq muhokama qilishlari kerak

O'qituvchilar malaka oshirish shaklini emas, uning sifatini ko'proq muhokama qilishlari kerak

20:34 / 09.01.2024 469
Songi paytlarda malaka oshirish tizimi, ayniqsa diagnostika test jarayonlari juda kop muhokama bolyapti. Eng kop muhokama qilinayotgan mavzu onlayn yoki offlayn shaklda malaka oshirish tizimidir.

Aslda bu muhokama qiladigan narsa emas. Chunki, oqituvchilar shaklga emas uning sifatiga koproq ahamiyat berishlari lozim.

Malaka oshirish kurslarida nimalar orgatilyapti, maktab oqituvchisiga dars berayotgan pedagoglarning bilim saviyasi, pedagogik mahorati yaxshimi, bir hafta mobaynida malaka oshirgan oqituvchilar ozida biron-bir ozgarish sezyaptimi degan savollarni ortaga tashlab, kamchiliklarni bartaraf qilishga hissa qoshishi kerak.

Kopchilik oqituvchilar quyidagi "muammoli" savollarni yozdi: "Endi onlayn malaka oshirishga vazirlik ruxsat bermas ekanmi?", "Vazirlikning bunga haqqi bormi?", "Nima uchun oqituvchilarni qiynab, onlayn malaka oshirishni bekor qilishyapti?".

Ochigi bu savollarga vazirlik javob beradi va javob berilgan taqdirda ham bu ta'lim sifati uchun xizmat qilmaydi. Menimcha, malaka oshirishning shakli unchalik muhim emas. Eng muhim narsa u yerda nimalar orgatilishi.

Undan kora malaka oshirish tizimi boyicha takliflar beraylik. Nimalar sizga yoqmaydi, qaysi mavzular sizga kerak emas, qaysi pedagoglarning darsida hech nima organolmayapsiz? Mana shularni koproq muhokama qilishimiz kerak.

Bu orqali siz kimnidir shaxsiyatiga tegmaysiz, vazirlik yoki malaka oshirish institutuni obrosiga putur yetkazmaysiz. Aksincha, bu orqali ularga yordam bergan bolasiz.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Pedagog
  • Malaka oshirish

Ulashish