Ma’naviyat markazi maktablarni tekshirmoqchi, savolnomada majburiy obuna ham bor
08:00 / 15.05.2024
4.80k
Yaqindagina ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil qilingan seminarda surxondaryolik direktor o‘rinbosari “ma’naviyatchilar”ning ko‘p vaqti qog‘ozbozlik bilan o‘tib ketayotganini aytib, vazir Hilola Umarovadan bunga amaliy yordam berishini so‘ragandi.
Shundan so‘ng xalqtaliminfo.uz saytida direktor o‘rinbosarlarini ortiqcha hisobot va qog‘ozbozlikdan qutqarish kerakligi haqida maqola ham e’lon qiligandi.
Xorazmlik direktor o‘rinbosarlarining xalqtaliminfo.uz tahririyatiga ma’lum qilishicha, hokim o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangibozor tuman bo‘linmasi bilan birgalikda maktablarda tekshiruv o‘tkazishni reja qilmoqda.
“O‘quv yilining tugashiga ham 10 kun qoldi. O‘zi yaqindagina (bir oy ham bo‘lmadi) tuman prokuraturasi maktabda Davlat tili to‘g‘risidagi qonun ijrosi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.
Hattoki, maktab direktori va o‘rinbosarlari ish rejasi bo‘yicha hujjatlarimizni prokuraturaga chuqur o‘rganish uchun olib ketilib, qaytarib berilgani yo‘q. Ammo endi tuman hokimligi ma’naviyat bo‘limi tashabbusi bilan o‘rganish o‘tkazishmoqchi ekan”, deydi murojaatchi.
Umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganib borish ham yaxshidir, ammo Yangibozor tumani ma’naviyat markazi tomonidan yuborilgan savolnomada pedagoglarni majburiy obunaga jalb qilishga doir, qonunchilikka zid bo‘lgan bandlarni ham ko‘rish mumkin.
Savolnomada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi nashrlari – “Tafakkur”, “Ma’naviy hayot”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi” jurnallariga obuna holati va barcha sonlarining maktabga yetib kelishi, shuningdek “Yangi O‘zbekiston”, “Xalq so‘zi”, “Jadid” kabi gazetalarga obuna holati o‘rganilishi ham qayd etilgan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangibozor tuman bo‘linmasi rahbari imzolagan hujjat bilan tasdiqlangan savolnomada yana bir qancha g‘ayritabiiy jumalalar ham mavjud.
Maktablarda Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur xonalari mavjudligi, bezatilish ahvoli, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi telegram kanaliga maktab pedagoglari va o‘quvchilarning a’zo bo‘lganligi va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjudligi, qachon tashkil etilgan, nimalar yoritilgan va kuzatuvchilari soni qancha ekanligi haqidagi savolnomalar shular jumlasidandir.

Holat yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq xalq ta’limi xodimlarini bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq xalq ta’limi xodimlarini bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
11:51 / 05.11.2025
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
21:30 / 04.11.2025
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
12:52 / 04.11.2025
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
17:06 / 03.11.2025
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo hokimi bunda direktor bilan birga majburiy mehnatga rozi bo‘lgan o‘qituvchi ham ishdan olinishini aytdi.
17:52 / 29.08.2025
Yangiliklar
Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024
So'ragan edingiz
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi ustama hujjatlarini tekshirishga haqlimi?
Ular ustama hujjatlarini tekshirishga haqli emas
13:03 / 05.02.2025
Taklif
O‘qituvchi cho‘ntagidagi pullar hisobiga kun ko‘rayotgan “gazeta va jurnallar” faoliyati taftish qilinishi kerak
Qo‘pol qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tahririyat faoliyatini to‘xtatish lozim
10:13 / 01.11.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang