Top.Mail.Ru
Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi

15:39 / 15.10.2024 12.52k

2024-yilda Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlarida moliyaviy tekshiruvlar o‘tkazilgandi va o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berish moliyaviy xato deb topilib, o‘qituvchilardan Mehnat kodeksining 269-moddasiga zid ravishda pullarni undirmoqchi bo‘lishgandi.

Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining aralashuvi bilan holatga ijobiy nuqta qo‘yilgandi. 
Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, xuddi shu kabi holatlar Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ham kuzatildi.


Xo‘sh, bu muammo qayerdan paydo bo‘ldi?


Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ustamalar o‘quv yili uchun belgilanishi nazarda tutilgandi.


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etishi belgilanganligi bois, tekshiruvchilar iyun-avgust oylarida pedagog xodimlarga ustama to‘lamaslik kerak degan xulosaga kelishadi.


Aksiga olib, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomda ham direktor jamg‘armasi hisobidan pedagoglarga tayinlanadigan ustamalarni qaysi davr mobaynida to‘lanishi bo‘yicha aniq norma belgilanmagan edi.


Shundan so‘ng, turli xil hududlarda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari va xulosalari boshqa hududlarga ham tarqalib, iyun-avgust oylarida pedagoglarga to‘lab berish to‘xtatib qo‘ya boshlandi.

Bu orada xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan pedagoglarga 
iyun-avgust oylarida ustama to‘lashni to‘xtatib qo‘yishga hech qanday asos yo‘qligi, bu ma’lumot asosli bo‘lib chiqqan taqdirda ham pedagoglarga ustama sifatida to‘lab berilgan pullarni qayta undirish noqonuniy ekanligi haqida bir necha bor maqolalar e’lon qilindi. (1, 2, 3, 4)

Shuningdek,2024-yilning 26-iyun kuni mazkur masalaga e’tibor qaratish maqsadida tahririyat tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rasmiy xat yuborildi. 



Muammo Prezident qarori orqali hal etildi


Gap shundaki, 2024-yilning 30-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-346-sonli qarorining 3-ilovasi bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 21-bandiga qo‘shimchalar kiritildi. (Mazkur qarorning 3-ilovasi bilan tanishing)


Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, direktor jamg‘armasi hisobidan yangi o‘quv yili uchun tayinlanadigan ustamalar joriy yilning 1-sentyabridan 31-avgustga qadar to‘lab borilishi belgilandi.


Shundan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan Prezidentining PQ-346-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


Xalqtaliminfo.uz tahririyati ushbu masalani ijobiy hal etishda pedagoglarni yaqindan qo‘llab-quvvatlab, tegishli vazirliklar bilan muzokaralar olib borib, ustamalarni 1-sentyabrdan 31-avgustga qadar to‘lab berish to‘g‘risida Prezident qaroriga taklif kiritgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Komilov Temurjon Kalandarovichga barcha pedagoglar nomidan minnatdorchilik bildiradi.

Izohlar 6

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama
  • Tekshiruv

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

O‘qituvchida yillik ish reja bo‘lmagani uchun unga hayfsan berilishi to‘g‘rimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli farmoni 4-bandiga muvofiq 2023-yil 1-sentabrdan boshlab tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilingan.

11:03 / 21.10.2026
So'ragan edingiz

Olis hudud ustamasini hisoblashda o‘qituvchining qaysi ish staj hisobga olinadi?

Mazkur tartib olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, olis hududdagi ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida joriy qilingan.

09:23 / 14.10.2026
Bilasizmi?

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?

Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi. Bugungi maqolamizda mazkur ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

12:19 / 03.10.2026
Yangiliklar

O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “sifat indeksi” tizimi joriy qilinadi. Bunda Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.

15:05 / 30.09.2026