O'qituvchilarga ustama sifatida to'lab berilgan pullarni qayta undirish qonunchilikka zid
Joriy yilda Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlarida moliyaviy tekshiruvlar o‘tkazilgandi va o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berish moliyaviy xato deb topilib, o‘qituvchilardan Mehnat kodeksining 269-moddasiga zid ravishda pullarni undirmoqchi bo‘lishgandi. Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining aralashuvi bilan holatga ijobiy nuqta qo‘yilgandi.
Ayni damda xuddi shu kabi holatlar Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ham kuzatilmoqda. Ayrim pedagoglarning xalqtaliminfo.uz nashriga ma’lum qilishicha, 2021-yildan boshlab, iyun-avgust oylarida to‘langan 3 yillik ustama pullarini o‘qituvchilar oylik maoshidan oyma-oy ushlab qolinmoqda.
To‘lab berilgan pullarni o‘qituvchilar maoshidan ushlab qolish qonunchilikka zid
Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi (shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda) undan undirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga ko‘ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.
Ya’ni, pedagog xodimlarga iyun-avgust oylarida ustama to‘lab berilishi noto‘g‘ri amaliyot ekanligi tasdiqlangan taqdirda ham o‘qituvchilarga to‘lab bo‘lingan ortiqcha ustama pullarini qaytarib bo‘lmaydi. Ya’ni, buxgalterlar to‘lab berilgan ustama pulini pedagog xodimlar oylik maoshidan ushlab qolishi g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.
Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga murojaat qildi. Respublika Kengashi tez kunlarda holatni batafsil o‘rganib, qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qilinishini bildirdi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang