Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Endilikda pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qaror bilan o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlaridagi 9-ko‘rsatgich, ya’ni, o‘qituvchining pedagoglik faoliyatini baholash mezoni chiqarib tashlanib, uning o‘rniga malaka toifasiga qarab, o‘qituvchilarga ball qo‘shib beriladigan bo‘ldi.
Bunda o‘qituvchilarga amaldagi malaka toifasiga qarab quyidagicha ball beriladi:
- Mutaxassis lavozimida bo‘lsa – 0 ball;
- Ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lsa — 5 ball;
- Birinchi malaka toifasiga ega bo‘lsa — 10 ball;
- Oliy malaka toifasiga ega bo‘lsa — 20 ball beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi tartibda malaka toifasi ko‘rsatgichlari o‘rniga o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga o‘quvchilar (o‘qituvchi dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning kamida 60 foizi o‘rtasida) va baholashda qatnashgan Kuzatuv kengashi a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (ijobiy fikrlari) hisobga olinib, buning uchun pedagoglarga 5 ball berilardi.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra, fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik birlashma rahbarlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz miqdorida har oylik ustama belgilanishi mumkin.
So'ragan edingiz
Olis hudud ustamasini hisoblashda o‘qituvchining qaysi ish staj hisobga olinadi?
Mazkur tartib olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, olis hududdagi ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida joriy qilingan.
Bilasizmi?
Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi. Bugungi maqolamizda mazkur ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang