Top.Mail.Ru
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda

Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda

12:25 / 02.12.2025 5.37k

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” darslarini o‘tish uchun vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, mahalliy hokimiyat rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalist, bloger, hamda filologlarni faol jalb qilmoqda.


Ma’lumki, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, bog‘cha, maktab, oliygoh, nodavlat ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi.


Ushbu darslar haftaning har dushanba kuni ta’lim tashkilotlarida interaktiv usulda o‘tilib, o‘qituvchilar ushbu darslarni o‘tishda milliytarbiya.uz platformasidan foydalanib kelyapti.


Bunda 50 dan ortiq ssenariylar asosida, 14 ta mavzuda darslar tashkil etilib, 100 dan ortiq yangi videokontent mahsulotlar ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi.


O‘tgan vaqt mobaynida darslarni o‘tishga keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, vazirlik va idoralarning rahbarlari, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalistlar, blogerlar, filologlar jalb etildi.


Masalan, ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan  “21-oktyabr O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan darslarga senator Xusan Ermatov, Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Begzod Shukurov, mashhur blogerlar Shaxnoza Soatova, Muhrim Azamxo‘jayev, Eldar Asanov, Aziza Qurbonovalar tomonidan o‘quvchilarga dars o‘tildi.


Bundan tashqari, joriy yilning 1-dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 9-son maktabda o‘tkazilgan “Mening huquqlarim” mavzusidagi darsda Adliya vaziri Akbar Toshqulov  ishtirok etdi va maktab o‘quvchilariga dars o‘tdi.


“Kelajak soati” darslariga turli soha vakillarining jalb qilinayotgani ta’lim jarayonining jamiyat bilan integratsiyalashayotganidan dalolat bermoqda. 


Vazirlar, deputatlar, jurnalistlar va mutaxassislarning maktablarga kirib, o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilishi bolalarda motivatsiya, sog‘lom dunyoqarash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.


Albatta, bunday yangi loyihalar, ta’lim tizimi uchun kerak. Bu kabi yangiliklar takror va qolipga tushib qolgan metodlardan voz kechish bilan birga,  pedagoglarni o‘z ustilarida ishlashiga ham turtki beradi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'lim siyosati

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Ta'lim siyosati

Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

20:52 / 07.10.2026
Bilasizmi?

Maktab o‘qituvchilari orasidan ta'lim vaziri chiqqanmi?

Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 11 nafar ta’lim vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan atigi 3 nafari – Jo‘ra Yo‘ldoshev, Temur Shirinov hamda E’zoza Karimova o‘z faoliyatini maktabdagi oddiy o‘qituvchilikdan boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor.

09:00 / 07.10.2026
Ta'lim siyosati

Ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’limdagi muammolarni hal qiloladimi? — ekspertlar bilan suhbat

Ikki yirik vazirlik — Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari qo‘shib yuborildi. Endilikda maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’lim, undan keyingi ta’lim, shuningdek, qo‘shimcha va norasmiy ta’lim siyosati yagona — Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan belgilanadi. Xo‘sh, ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’lim boshqaruvidagi mavjud muammolarni hal qilish uchun yetarlimi?

21:32 / 05.10.2026
Yangiliklar

Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan tortib oliy hamda undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruv asosida birlashtirishga qaratilgan yangi islohotlar davri boshlandi.

13:42 / 04.10.2026