Endi har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tiladi
Bugun, 26-avgustdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.
Unda vazir E’zoza Karimova, vazir o‘rinbosari Farxod Boqiyev, vazirlik mas’ullari hamda ta’lim tizimi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan vazir E’zoza Karimova ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bir qancha yangiliklar haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, yangi o‘quv yilidan “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida har o‘quv yilida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 9
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
9-oktabr kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida shu kabi masalalar muhokama qilindi.
Suhbat
Pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
Maqola
Aksariyat o‘quvchilar maktabni xabardor qilmay xorijga chiqib ketmoqdami?
Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarmoqda.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish qat’iy taqiqlanmoqda
Ota-onalarga ham bolalarni tarbiyalashda jismoniy jazo qo‘llash taqiqlanishi mumkin.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang