Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” darslarini o‘tish uchun vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, mahalliy hokimiyat rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalist, bloger, hamda filologlarni faol jalb qilmoqda.
Ma’lumki, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, bog‘cha, maktab, oliygoh, nodavlat ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi.
Ushbu darslar haftaning har dushanba kuni ta’lim tashkilotlarida interaktiv usulda o‘tilib, o‘qituvchilar ushbu darslarni o‘tishda milliytarbiya.uz platformasidan foydalanib kelyapti.
Bunda 50 dan ortiq ssenariylar asosida, 14 ta mavzuda darslar tashkil etilib, 100 dan ortiq yangi videokontent mahsulotlar ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi.
O‘tgan vaqt mobaynida darslarni o‘tishga keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, vazirlik va idoralarning rahbarlari, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalistlar, blogerlar, filologlar jalb etildi.
Masalan, ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan “21-oktyabr O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan darslarga senator Xusan Ermatov, Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Begzod Shukurov, mashhur blogerlar Shaxnoza Soatova, Muhrim Azamxo‘jayev, Eldar Asanov, Aziza Qurbonovalar tomonidan o‘quvchilarga dars o‘tildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 1-dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 9-son maktabda o‘tkazilgan “Mening huquqlarim” mavzusidagi darsda Adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi va maktab o‘quvchilariga dars o‘tdi.
“Kelajak soati” darslariga turli soha vakillarining jalb qilinayotgani ta’lim jarayonining jamiyat bilan integratsiyalashayotganidan dalolat bermoqda.
Vazirlar, deputatlar, jurnalistlar va mutaxassislarning maktablarga kirib, o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilishi bolalarda motivatsiya, sog‘lom dunyoqarash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Albatta, bunday yangi loyihalar, ta’lim tizimi uchun kerak. Bu kabi yangiliklar takror va qolipga tushib qolgan metodlardan voz kechish bilan birga, pedagoglarni o‘z ustilarida ishlashiga ham turtki beradi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Maktab kutubxonalari rivojlantiriladi, direktor o‘rinbosarlari mahalla kutubxonalariga mas’ul bo‘ladi
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…
Zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.
Ta'lim siyosati
Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
2030-yilgacha 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyati oshiriladi. Yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi.
Yangiliklar
Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi.
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang