Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi nazarda tutilgan.
Mazkur nizomning 47-bandiga ko‘ra attestatsiya jarayonlari yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda vazirlikning tegishli buyrug‘i (qarori) bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar platforma orqali onlayn generatsiya qilinadi.
Bunda navbatdagi, majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO dasturi hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
Demak, bahorgi attestatsiyada 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan, oliy hamda birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan jami 4 198 nafar pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar to‘lab berilmoqda.
Kuzgi attestatsiyada qatnashganlar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘ladimi?
Ma’lumki, ayni kunlarda o‘tkazilayotgan malaka toifa (test) sinovlari natijalari “Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi — saralash sinovi sifatida ham hisoblanadi.
Shu sababli, bahorgi attestatsiyada qatnashgan hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan 4 198 nafar pedagoglar ham “Yil o‘qituvchisi” tanloviga da’vogarlik qilish maqsadida kuzgi navbatdan tashqari attestatsiyada ham ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkin.
Agar bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Ustama ikki yil davomida to‘lanmaydimi?
To‘g‘ri, 70 foizlik ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat yakunlangandan so‘nggina pedagoglar ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etishi kerak bo‘lardi.
Lekin amaldagi normativ hujjatlarda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan kichik bir jihat bor. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmonining 3-v-bandida xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi nazarda tutilgan.
Ya’ni, hozirgi kunda 70 foizlik ustama olayotgan o‘qituvchilarga mazkur ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan to‘lab berilmoqda.
Agar o‘qituvchi 70 foizlik ustamaga birinchi malaka toifasi bilan erishgan bo‘lsa va u kuzgi attestatsiyada qatnashib, aytaylik, 80-84 ball bilan oliy toifaga o‘tsa, unga 70 foizlik ustamani to‘lab berish imkonsiz bo‘lib qoladi.
Chunki, bu vaziyatda uning amaldagi tarif stavkasi o‘zgarib qolyapti. Ya’ni, oliy toifaga ega bo‘lgan pedagogga birinchi malaka toifasi davridagi 70 foizlik ustamani to‘lab berish imkonsiz bo‘lib qoladi.
Bu masalani “Tanaffus” podkastining 2025-yil 28-avgustdagi 23-sonida ham o‘zaro muhokama qilgandik.
Albatta, bu qonunchilikdagi kamchilik hisoblanadi. Aslida bunday hollarda pedagog xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida belgilangan normani qo‘llash maqsadga muvofiq.
Ya’ni, inson va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarda qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar hamda noaniqliklar inson manfaatlari foydasiga talqin etilishi lozim.
Shu nuqtayi nazardan, mazkur holatda ham ish yuritish aynan shu prinsip asosida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaymiz.
Muzokaralar yakunlangach, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilamiz. Bizni kuzatib boring.
Izohlar 43
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Olis hudud ustamasini hisoblashda o‘qituvchining qaysi ish staj hisobga olinadi?
Mazkur tartib olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, olis hududdagi ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida joriy qilingan.
Bilasizmi?
Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi. Bugungi maqolamizda mazkur ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “sifat indeksi” tizimi joriy qilinadi. Bunda Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.
Yangiliklar
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirrining 359-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan 601 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari ro‘yxati tasdiqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang