2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-may kungi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 263-sonli qaroriga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilgan.
Qaror bilan maktab rahbariyati va o‘qituvchilari rag‘batlantirishga tavsiya etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxati har o‘quv yili yakunida e’lon qilinib, keyingi bir o‘quv yili davomida ushbu maktabning rahbariyati hamda o‘qituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berilishi belgilangan.
2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirrining 359-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan 601 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari ro‘yxati tasdiqlandi.
Rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini shakllantirish boʻyicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida doimiy faoliyat yurituvchi Monitoring guruhlari tomonidan shakllantirilgan hududlar kesimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari soni 686 tani tashkil etib, bunda 85 ta maktab belgilangan qoidalarni buzganligi uchun chetlashtirilgan.
- baholashning yangi tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilganligi hamda o‘quvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi;
- baholash ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
- fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va o‘quvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili;
- so‘rovnomalar o‘tkazilganligi va ularning tahlili.
- tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablariga — 40 foiz;
- tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 10 foiz umumta’lim maktablariga — 30 foiz;
- tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 15 foiz umumta’lim maktablariga — 20 foiz;
- tahlil qilingan qolgan umumta’lim maktablariga — 10 foiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
Yangiliklar
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.
“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
Shartnoma belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang