Olis hudud ustamasini hisoblashda o‘qituvchining qaysi ish staj hisobga olinadi?
Savol
471-qarorga muvofiq olis hudud uchun ustamada pedagogning umumiy pedagogik ish staji inobatga olinadimi yoki faqat olis hudud maktabida ishlaganimi? Bizda adliya olis hudud ustamalarimizni keskin kamaytirib tashladi. Shu ishi to‘g‘rimi?
Javob
Ma’lumki, 2019-yil 7-iyunda Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 471-sonli qarori imzolangan.
Mazkur qarorga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi miqdorda ustamalar to‘lanadi:
- 6 oydan — 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 10 foiz;
- 3 yildan — 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 20 foiz;
- 5 yildan — 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 30 foiz;
- 10 yildan — 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 40 foiz;
- 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga esa 50 foiz ustama to‘lab beriladi.
Bunda mazkur ustamalarni hisobga olishda o‘qituvchining olis hududda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ishlagan davri emas, balki, umumiy pedagogik ish staji hisobga olinadi.
Chunki, mazkur tartib olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, olis hududdagi ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida joriy qilingan.
Shu sababli, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori mazmunidan kelib chiqib, olis hududlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglarga to‘lanadigan maxsus ustama miqdorini belgilashda ularning faqat olis hududdagi maktabda ishlagan davri emas, balki umumiy pedagogik ish staji hisobga olinishi lozim.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitadigan xususiy maktablarga subsidiya ajratiladi
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan musiqa fani o‘qituvchilari uchun yangi rag‘batlantirish tartibi joriy etildi. Endilikda ularga o‘quvchilarining cholg‘u asboblarini ijro etish darajasidan kelib chiqib, har oyda 5 foizdan 20 foizgacha ustama to‘lanadi.
Yangiliklar
Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumta’lim maktablarida dars soatlarini taqsimlash hamda direktor jamg‘armasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
So'ragan edingiz
Ikkita fandan dars beradigan o‘qituvchiga ustama qanday to‘lanadi?
Baholash natijalariga ko‘ra, pedagog 100 ballgacha to‘plashi va to‘plagan ballidan kelib chiqib, unga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama belgilanishi mumkin.
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang