Top.Mail.Ru
Olis hudud ustamasini hisoblashda o‘qituvchining qaysi ish staj hisobga olinadi?

Olis hudud ustamasini hisoblashda o‘qituvchining qaysi ish staj hisobga olinadi?

09:23 / 14.10.2026 527

Savol

471-qarorga muvofiq olis hudud uchun ustamada pedagogning umumiy pedagogik ish staji inobatga olinadimi yoki faqat olis hudud maktabida ishlaganimi? Bizda adliya olis hudud ustamalarimizni keskin kamaytirib tashladi. Shu ishi to‘g‘rimi?


Javob

Ma’lumki, 2019-yil 7-iyunda Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 471-sonli qarori imzolangan. 


Mazkur qarorga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi miqdorda ustamalar to‘lanadi:


  • 6 oydan — 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 10 foiz;


  • 3 yildan — 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 20 foiz;


  • 5 yildan — 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 30 foiz;


  • 10 yildan — 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 40 foiz;


  • 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga esa 50 foiz ustama to‘lab beriladi.


Bunda mazkur ustamalarni hisobga olishda o‘qituvchining olis hududda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ishlagan davri emas, balki, umumiy pedagogik ish staji hisobga olinadi.


Chunki, mazkur tartib olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, olis hududdagi ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida joriy qilingan.


Shu sababli, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori mazmunidan kelib chiqib, olis hududlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglarga to‘lanadigan maxsus ustama miqdorini belgilashda ularning faqat olis hududdagi maktabda ishlagan davri emas, balki umumiy pedagogik ish staji hisobga olinishi lozim.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama

Ulashish