4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 214-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, jami 4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi nazarda tutilgan.
Endilikda, mazkur ro‘yxatdagi o‘qituvchilar o‘zining oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda 70 foiz ustama oladilar.
Misol uchun, oliy toifali o‘qituvchining oylik ish haqi 4 mln so‘m bo‘lsa, va shu o‘qituvchi xalqaro sertifikatni ham olsa, uning maoshiga qo‘shimcha 70 foiz, ya’ni 2 mln 800 ming so‘m qo‘shilishi kerak.
Shunda, oliy toifali, xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus malaka sertifikatiga ega o‘qituvchining umumiy oylik maoshi 4 mln + 2 mln 800 ming = 6 mln 800 ming so‘mni tashkil qiladi.
Izohlar 9
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
O‘qituvchilardan yashash xonadonini suratga olib yuborish talab qilinmoqda
Oliygohlarda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang