Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
2024-yilda Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlarida moliyaviy tekshiruvlar o‘tkazilgandi va o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berish moliyaviy xato deb topilib, o‘qituvchilardan Mehnat kodeksining 269-moddasiga zid ravishda pullarni undirmoqchi bo‘lishgandi.
Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining aralashuvi bilan holatga ijobiy nuqta qo‘yilgandi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, xuddi shu kabi holatlar Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ham kuzatildi.
Xo‘sh, bu muammo qayerdan paydo bo‘ldi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ustamalar o‘quv yili uchun belgilanishi nazarda tutilgandi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etishi belgilanganligi bois, tekshiruvchilar iyun-avgust oylarida pedagog xodimlarga ustama to‘lamaslik kerak degan xulosaga kelishadi.
Aksiga olib, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomda ham direktor jamg‘armasi hisobidan pedagoglarga tayinlanadigan ustamalarni qaysi davr mobaynida to‘lanishi bo‘yicha aniq norma belgilanmagan edi.
Shundan so‘ng, turli xil hududlarda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari va xulosalari boshqa hududlarga ham tarqalib, iyun-avgust oylarida pedagoglarga to‘lab berish to‘xtatib qo‘ya boshlandi.
Bu orada xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to‘lashni to‘xtatib qo‘yishga hech qanday asos yo‘qligi, bu ma’lumot asosli bo‘lib chiqqan taqdirda ham pedagoglarga ustama sifatida to‘lab berilgan pullarni qayta undirish noqonuniy ekanligi haqida bir necha bor maqolalar e’lon qilindi. (1, 2, 3, 4)
Shuningdek,2024-yilning 26-iyun kuni mazkur masalaga e’tibor qaratish maqsadida tahririyat tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rasmiy xat yuborildi.
Muammo Prezident qarori orqali hal etildi
Gap shundaki, 2024-yilning 30-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-346-sonli qarorining 3-ilovasi bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 21-bandiga qo‘shimchalar kiritildi. (Mazkur qarorning 3-ilovasi bilan tanishing)
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, direktor jamg‘armasi hisobidan yangi o‘quv yili uchun tayinlanadigan ustamalar joriy yilning 1-sentyabridan 31-avgustga qadar to‘lab borilishi belgilandi.
Shundan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan Prezidentining PQ-346-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati ushbu masalani ijobiy hal etishda pedagoglarni yaqindan qo‘llab-quvvatlab, tegishli vazirliklar bilan muzokaralar olib borib, ustamalarni 1-sentyabrdan 31-avgustga qadar to‘lab berish to‘g‘risida Prezident qaroriga taklif kiritgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Komilov Temurjon Kalandarovichga barcha pedagoglar nomidan minnatdorchilik bildiradi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
Shartnoma belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang