Malaka oshirish kurslari tashkil etilmasa, ustama uchun o‘qituvchiga maksimal ball beriladi

16:30 / 30.04.2024
22.39k
Savol
Onlayn malaka oshirish kurslari haligacha boshlanmadi. May oyi keldi. Shu oy oxirigacha biz sertifikat ololmasak ustama olishda muammoga uchrashimiz aniq. Buning yechimi qanday bo‘ladi?
Onlayn malaka oshirish kurslari haligacha boshlanmadi. May oyi keldi. Shu oy oxirigacha biz sertifikat ololmasak ustama olishda muammoga uchrashimiz aniq. Buning yechimi qanday bo‘ladi?
Javob
Maʼlumki, 4–15 dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgan.
Maʼlumki, 4–15 dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlangan.
Mazkur buyruq bilan o‘qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko‘ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilangan:
- 76-100 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);
- 56-75 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o‘quv dastur asosida 1 yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2 yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3 yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);
- 31-55 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 1 yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2 yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3 yili ishdan ajralgan holda (offlayn);
- 0-30 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar to‘rtinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.
Shu sababli, bu yil onlayn tarzda malaka oshirishi kerak bo‘lgan pedagoglarga offlayn tarzda malaka oshirishiga ruxsat berilmasligi mumkin. Sababi, vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlanib bo‘lgan.
Malaka oshirish kurslari o‘z vaqtida tashkil etilmasa, o‘qituvchiga ustama uchun necha ball qo‘yiladi?
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 1-ilovaga ko‘ra pedagog o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa unga 10 ball, o‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa ball berilmasligi belgilangan.
Ammo haligacha ayrim fanlar bo‘yicha A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan onlayn malaka oshirish kurslari boshlanmadi. Shu sababli, pedagog xodimlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda malaka oshirish kurslaridan o‘z vaqtida o‘tib, sertifikat ololmayapti.
Kontent materiallarning kechikkanligi sababli pedagog xodim o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tolmasa, bunda ular aybdor hisoblanmaydi.
“Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-ilovasiga ko‘ra pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha o‘qituvchiga maksimal ball beriladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:36 / 28.05.2025
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

23:34 / 26.05.2025
Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

10:28 / 28.05.2025
Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

13:40 / 25.05.2025
Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024

Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
2025-2026-o‘quv yili uchun tadbirlar ro‘yxati
15:07 / 04.02.2025

Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi.
11:37 / 20.05.2025

Nechta o‘qituvchiga 70 foizlik ustama berilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi Xalqaro ta’lim akkreditatsiya jamiyati (INTEAS) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
18:20 / 19.05.2025
Izohingizni tahrirlang