Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
2025-yilda xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 13 mlrd so‘m pul mukofoti topshirildi. Joriy yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan eng nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida jami 13 ta medalni (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkich eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari tarixida rekord natija bo‘ldi.
Xususan:
- Birlashgan Arab Amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
- Avstraliyada 105 davlat qatnashgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
- Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokidagi Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
- Parij shahrida 96 davlat qatnashgan Xalqaro fizika olimpiadasida — 2 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.
Shuningdek, 2025-yilda o‘quvchilar 29 ta xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etib, jami 210 ta medalni (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
Taqqoslash uchun: 2019-yilda — 30 ta, 2020-yilda — 25 ta, 2021-yilda — 45 ta, 2022-yilda — 41 ta, 2023-yilda — 96 ta, 2024-yilda esa 128 ta medal qo‘lga kiritilgan.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Toshkent shahrida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasida esa 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam bo‘ldi.
E’tiborli jihati shundaki, joriy yilda ilk bor nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal sohibiga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti berilmoqda. Masalan, Daler Rahimov va Mirjahon Muhammadovga 1 mlrd 40 mln so‘mdan, ularni tayyorlagan ustoz Mohira Boltayevaga esa 591 mln so‘m mukofot puli berildi.
Ma’lumot uchun, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, IChO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti belgilanadi:
- Oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln so‘m;
- Kumush medal uchun — 618 mln so‘m;
- Bronza medal uchun — 412 mln so‘m.
Ularning ustozlariga esa:
- Oltin medal uchun — 185 mln 400 ming so‘m;
- Kumush medal uchun — 103 mln so‘m;
- Bronza medal uchun — 61 mln 800 ming so‘m.
Joriy yilda g‘oliblarga ajratilgan mukofot puli 13 mlrd so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 3,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
Jazirama issiqdan xodimlarni himoya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar aytildi
Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar
Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgan Oʻzbekiston endi ikkita nufuzli olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida eng nufuzli fan olimpiadalaridan sanaluvchi Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Yangiliklar
O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Olimpiadada 96 dan ortiq davlatdan 400 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston tarixida xalqaro fan olimpiadalarini qabul qilish bo‘yicha muhim voqea hisoblanadi.
Yangiliklar
2026-yilda O‘zbekiston ikkita xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi hamda 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang