Top.Mail.Ru
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda

Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda

14:00 / 14.07.2026 1.57k

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada hokimliklar, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hamda “O‘zgidromet” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 


Ayni vaqtda quyidagi hududlarda bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Nukus shahri va yana 8 tumandagi bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. 


Qarorga muvofiq, davlat bog‘chalari quyidagi muddatlarda faoliyat yuritmaydi: 


  • Nukus shahri – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha; 


  • Amudaryo tumani – 2026-yil 13-iyuldan 15-iyulgacha; 


  • Beruniy tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • Xo‘jayli tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha; 


  • Taxiatosh tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha; 


  • Shumanay tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • Mo‘ynoq tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • Qonliko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • To‘rtko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha. 


Xorazm viloyati 


2026-yil 14-17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. 


Bunda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi. 


Navoiy viloyati 


Navoiy viloyatining quyidagi hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi: 


  • Uchquduq tumani — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • Nurota tumani — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • Tomdi tumani (2-, 4-, 5-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha; 


  • Konimex tumani (1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-,13-,14-,15-,16-,17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha. 


Viloyatning boshqa hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari hamda zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. 

Buxoro viloyati

2026-yil 15–17-iyul kunlari Buxoro viloyatidagi barcha  maktabgacha ta
’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.


Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan belgilangan tartibda yana o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Farg
‘ona viloyati

16–17-iyul kunlari Farg‘ona viloyatidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar va tuman hokimlarining tegishli farmoyishi qabul qilindi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2026-yil 20-iyul (dushanba) kunidan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Toshkent viloyati


Bog‘chalar faoliyati ob-havo me’yoriy holatga kelgach, viloyat hokimligining qo‘shimcha qaroriga asosan qayta yo‘lga qo‘yiladi.


Surxondaryo viloyati


Surxondaryo viloyatidagi bir qator davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari 18-iyul kuniga qadar vaqtincha to‘xtatildi.

Ro‘yxat to‘ldirib boriladi. 


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 13-iyuldagi 04-39-2385-sonli xatiga asosan bog‘cha va maktablarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati, shuningdek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan turli loyihalarni amalga oshirish joriy yilning 1-avgustiga qadar to‘xtatilgandi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Maktabgacha ta'lim
  • Anomal issiq

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha ta'lim

Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi

Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.

15:49 / 30.09.2026
Maktabgacha ta'lim

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.

09:00 / 30.08.2026
Yangiliklar

Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.

12:50 / 03.08.2026
video Yangiliklar

Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi

Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.

16:34 / 26.07.2026