Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada hokimliklar, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hamda “O‘zgidromet” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni vaqtda quyidagi hududlarda bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nukus shahri va yana 8 tumandagi bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Qarorga muvofiq, davlat bog‘chalari quyidagi muddatlarda faoliyat yuritmaydi:
- Nukus shahri – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Amudaryo tumani – 2026-yil 13-iyuldan 15-iyulgacha;
- Beruniy tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Xo‘jayli tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Taxiatosh tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Shumanay tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Mo‘ynoq tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Qonliko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- To‘rtko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha.
Xorazm viloyati
2026-yil 14-17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Bunda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi.
Navoiy viloyati
Navoiy viloyatining quyidagi hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi:
- Uchquduq tumani — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha;
- Nurota tumani — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha;
- Tomdi tumani (2-, 4-, 5-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha;
Konimex tumani (1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-,13-,14-,15-,16-,17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha.
Viloyatning boshqa hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari hamda zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ro‘yxat to‘ldirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 13-iyuldagi 04-39-2385-sonli xatiga asosan bog‘cha va maktablarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati, shuningdek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan turli loyihalarni amalga oshirish joriy yilning 1-avgustiga qadar to‘xtatilgandi.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi
Тематические новости
Дошкольное образование
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
Дошкольное образование
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.
Новости
Bog‘cha xodimlarining oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qishi bo‘yicha tartib belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Русский
Редактировать комментарий