O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Dastlab, 56-Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlab olingandi. Mazkur o‘quvchilar esa xalqaro olimpiadada qatnashib, kumush va bronza medallarini olib kelishdi.
Terma jamoa a’zolari mazkur olimpiadada ilk kumush medalini qo‘lga kiritib, o‘z ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
Yosh fiziklar quyidagi natijalarni qayd etdi:
- Asilbek Jumanazarov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - kumush medal;
- Muhammad Abdumalikov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - kumush medal;
- Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - bronza medal;
- Xasan Kamolov - Qo‘qon shahar 1-sonli IM - bronza medal;
- Javohir Aknazarov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - Honorable mention.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston 2024-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasidan akademik halollik tamoyillari buzilgani sababli chetlashtirilgandi, 2026-yildan esa mazkur olimpiadada ishtirok etish huquqini qayta qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar
Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgan Oʻzbekiston endi ikkita nufuzli olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida eng nufuzli fan olimpiadalaridan sanaluvchi Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Yangiliklar
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Avvalroq, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Olimpiadada 96 dan ortiq davlatdan 400 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston tarixida xalqaro fan olimpiadalarini qabul qilish bo‘yicha muhim voqea hisoblanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang